1

Faqat Tangriev bronza medali uchun kurashadi

Sport 07.12.2014, 12:16
Faqat Tangriev bronza medali uchun kurashadi
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida dzyudo bo`yicha o`tkazilayotgan Katta dubulg`a turniri o`z yakuniga etib bormoqda. Bugun og`ir vaznli polvonlar o`rtasida g`olib va sovrindorlar aniqlanadi. 
-90 kilogramm vaznda ikki nafar hamyurtimiz o`z omadlarini sinab ko`rishdi. Dilshod Turdiev dastlabki bahsdayoq yaponiyalik raqibi Mashu Bakerga imkoniyatni boy bergan bo`lsa, Kamoliddin Xolmamatov ilk davrada ozarbayjonlik Firudin Dadashovdan ustun keldi. Biroq ikkinchi bosqichda gruziyalik Beka Gviniashvili to`sig`idan o`ta olmadi. 
-100 kilogrammdagi polvonlar bahsida Ramziddin Saidov ilk raqibi xitoylik Rijigava Sini dog`da qoldirdi. Xuddi Xolmamatov kabi ikkinchi bosqichda ham unga omad etishmadi. Janubiy Koreyalik Guham Cho dzyudochimizdan ustun keldi. 
Eng og`ir vazndagi polvonimiz Abdullo Tangriev qolgan sportchilarimizga nisbatan omadliroq ishtirok etmoqda. Tangriev dastlab janubiy koreyalik Sung-Min Kimni keyin ukrainalik Yakiv Xammoni taslim etdi. Chorak finalda mezbon sportchi Ryu Shichinoxega qarshi bellashuvda imkoniyatni boy berib qo`ygan Olimpiada sovrindori bronza medali uchun o`tish bahsida boshqa bir mezbon sportchi Daiki Kamikava bilan bel olishadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1