AsosiyJamiyat

Endi umumta`lim muassasalariga qabul qilishda hech qanday muammo bo`lmaydi

'Endi umumta`lim muassasalariga qabul qilishda hech qanday muammo bo`lmaydi'ning rasmi

Hayotimiz mazmuni, kelajagimiz bo`lmish farzandlarimiznidavlat umumiy o`rta ta`lim muassasalariga qabul qilish jarayonini 2019/2020 o`quv yilidan boshlab Davlat xizmatlari markazlari yoki O`zbekiston Respublikasi Yagona interaktivdavlat xizmatlari portali orqali bosqichma-bosqich qabul qilinishi yo`lga qo`yilgan bo`lib, bu fuqarolarga yanada qulaylik yaratishi bilan birga shaffoflikni, tezkorlikni ta`minlash uchun xizmat qilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi “Bolalarni davlat umumiy o`rta ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamentini tasdiqlash to`g`risida”gi 469-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Ushbu Reglament talablari quyidagi umumta`lim muassasalariga nisbatan qo`llaniladi:

boshlang`ich maktab;

umumiy o`rta ta`lim maktabi;

ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab (ixtisoslashtirilgan san`at va madaniyat maktablari va maktab-internatlar, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari bundan mustasno).

Bolalarni 1-sinfga qabul qilish asosiy va qo`shimcha kvota asosida qabul qilinadi.

Asosiy kvota bo`yicha qabul qilish umumta`lim muassasalariga biriktilgan mikrohudud bo`yicha tegishli yilning 31 dekabriga qadar 7 yoshga to`ladigan bolalar qabul qilinadi.

Qo`shimcha kvota bo`yicha mikrohududdan tashqari istiqomat qilayotgan maktab yoshidagi bolalar;

Mikrohudud va mikrohududdan tashqari maktab yoshiga etmagan, ya`ni tegishli yilning 1 yanvaridan 31 avgustiga qadar 7 yoshga to`lmaydigan bolalar qabul qilinadi.

Endi fuqarolar hech qanday ovoragarchiliklarsiz Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan xolda yoki YaIDXP orqali bolalarni umumta`lim muassasalariga qabul qilish uchun yo`llanma olishlari mumkin.

Bolalarni umumta`lim muassasalariga qabul qilish har yili 15 iyundan 31 avgustga qadar amalga oshiriladi.

Shayxontohur tumani Davlat xizmatlari markazi

    Boshqa yangiliklar