AsosiyJamiyat

Osiyo chempioni Rustam Jangabaev bir oylik harbiy xizmatni o`tadi

'Osiyo chempioni Rustam Jangabaev bir oylik harbiy xizmatni o`tadi'ning rasmi

Indoneziyada bo`lib o`tgan XVIII Osiyo o`yinlarida og`ir atletikaning shtanga ko`tarish bo`yicha bronza medalini qo`lga kiritib, O`zbekiston Prezidentining 2018 yildagi “XVIII Osiyo o`yinlari g`olib va sovrindorlarini taqdirlash to`g`risida”gi Farmoyishiga binoan, Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahridan 5 xonali uy bilan mukofatlangan Rustam Jangabaev Nukus garnizonidagisafarbarlik chaqiruvi rezervi batalonida xizmat burchini o`tadi.

Darhaqiqat, terma jamoa nomidan yurt bayrog`ini balandlarga ko`tarayotgan Rustam Jangabaev shu yillar ichida bir necha musobaqalarda ishtirok etib, faxrli o`rinlarni qo`lga kiritishga muyassar bo`ldi. Hali yosh bo`lishiga qaramasdan, O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikalarining faxriga aylangan Rustam 25 yoshiga qadar ulkan va zalvorli yo`lni bosib o`tishga ulgurdi.2016 yilning 14-17 dekabr kunlari Qatarning Doxa shahrida og`ir atletika bo`yicha Osiyo Kubogi va IV Xalqaro Qatar Kubogida 105 kg dan yuqori vazn toifasida Rustam Jangaboev uch oltin va bir kumush medalni qo`lga kiritdi hamda Osiyo kubogi g`olibiga aylandi.

2017 yil Ashxobodda o`tkazilgan Osiyo o`yinlarida va Ozarbayjonning Baku shahridagi Osiyo chempionatida yurtimiz sportini tanitgan Rustam Jangaboevga chempionlik nasib qiladi. O`sha yilda Turkmanistonning Ashxobod shahrida bo`lib o`tgan yopiq inshootlardagi jang san`atlari bo`yicha V Osiyo o`yinlari sovrindori bo`lgan Rustam hukumatimiz tomonidan “Nexia” avtomobili bilan taqdirlandi.

2018 yilning noyabr oyida Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bo`lib o`tgan og`ir atletika bo`yicha jahon chempionatida 109 kg vazn toifasida 2 ta bronza medalini qo`lga kiritdi.

Rustam hozirgi kunda 2020 yilda Yaponiyaning Tokio shahrida o`tkaziladigan XXXIIyozgi olimpiada o`yinlariga tayyorgarlik ko`rmoqda. Harbiy xizmatdan so`ng Rustam Jangaboev O`zbekiston Milliy gvardiya safida xizmat qilish niyatida ekanligini alohida ta`kidlab o`tdi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatning belgilangan muddatini o`tagan yigitlarning Harbiy qasamyod qabul qilish marosimida Rustam Jangoboev singari yuzlab safdoshshlari yurtimizni ko`z qorachig`idek asrashga va`da berishdi.

Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar