AsosiyJamiyat

Mudofaa vazirligi miqyosida “Ofiserlar uchkurashi” musobaqasining final bosqichi o`tkazilmoqda

'Mudofaa vazirligi miqyosida “Ofiserlar uchkurashi” musobaqasining final bosqichi o`tkazilmoqda 'ning rasmi

Jizzax viloyatida joylashgan «Forish» tog` dala-o`quv maydonida Mudofaa vazirligi qo`shinlari o`rtasida “Ofiserlar uchkurashi” musobaqasining yakuniy bosqichi boshlandi.

Ta`kidlash kerakki, dastlab harbiy qism, so`ngra okrug miqyosida o`tkazilgan musobaqalarda g`oliblikni qo`lga kiritgan harbiy jamoalar ushbu yakuniy bosqichiga etib keldilar. Mudofaa vazirligi harbiy okruglari, Havo hujumidan mudofaa qo`shinlari va Harbiy havo kuchlari hamda Toifalangan ob`ektlarni qo`riqlash qo`shinlari qo`mondonliklari, oliy harbiy ta`lim muassasalari harbiy xizmatchilaridan iborat jami 12 ta jamoa birinchilik sari kurash olib borishadi.

Ishtirokchilar dastlab pistoletdannishonlarga o`q otish bo`yicha bahslarga kirishdi. Birinchi kun natijalariga ko`ra,umumjamoa hisobida Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy xizmatchilari peshqadamlikni qo`lga kiritishdi. Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrugikkinchi, Markaziy va Toshkent harbiy okruglari esa uchinchi o`rinda ketmoqda.Harbiy xizmatchilar shuningdek, uzoq masofaga yugurish va 100 metrga suzish shartlari bo`yicha o`zaro bellashadi.

Eslatib o`tamiz, “Ofiserlar uchkurashi” musobaqasi 5 iyulgacha davom etadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar