AsosiyJamiyat

Prezident maktablariga saralash imtihonlarining natijalari qachon e`lon qilinadi?

'Prezident maktablariga saralash imtihonlarining natijalari qachon e`lon qilinadi?'ning rasmi

2 iyul kuni saralash imtihonlari barcha 4 ta – Toshkent, Namangan, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi hududlarida o`z yakuniga etdi.

Saralash imtihonlari natijalariga ko`ra jami ishtirok etishi kerak bo`lgan 27 471 o`quvchidan 27 119 (98,7%) nafari qatnashdi. 349 (1,3%) o`quvchi imtihonlarga kelmagan bo`lsa, 3 o`quvchi imtihondan chetlashtirildi.

Javoblar varaqlari imtihon o`tkazilgan joylarning o`zida “Cambridge Assessment International Education” vakillari tomonidan tegishli qutilarga joylanib, muhrlandi va tekshirish uchun Buyuk Britaniyaga yuborildi.

Saralash imtihoni natijalari 16 iyulga qadar e`lon qilinishi rejalashtirilgan. Natijalarni onlayn tarzda ko`rish imkoniyati yaratiladi va alohida ko`rsatma beriladi.

Yakuniy imtihonlar 21-24 iyul kunlari o`tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur bosqichga 27 119 nomzoddan 11 520 tasi (41,8%), ya`ni qabul kvotasida belgilangan har bir o`ringa 20 kishi hisobidan maksimal talabgorlar yo`llanma olishadi.

    Boshqa yangiliklar