Bugun, 5 iyul kuni Murad Buildings va Turkiyaning Ozguven quruvchilik kompaniyalari rahbarlari ommaviy axborot vositalariuchun matbuot anjumani tashkil etib, jurnalistlarga Tashkent City Xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida qurilayotgan 50 qavatli bino haqida ma`lumot berishdi.

Murod Nazarov, Murad Buildings kompaniyasi rahbari:
- Ushbu loyiha ustida 500 dan ortiq mutaxassislar ish olib borishdi. Loyihani keng qamrovli, shu paytgacha mamlakatimizda amalga oshirilmagan yirik loyiha deyishga asosimiz bor. Tashkent City dagi qurilish jarayonlari O`zbekistondagi yangi bir sahifani ochib berdi deyish mumkin. 80 gektarli maydonda ayni kunlarda keng qamrovli qurilish ishlari ketmoqda. 4-lotda Tashkent Citydagi eng ko`zga ko`ringan, osmono`par bino qad rostlaydi. Avvaliga ushbu binoni 40 qavat qilish rejalashtirilgan edi. Lekin keyinchalik nafaqat osmono`par bino, balki O`rta Osiyoda eng baland bino bo`lishini istadik. Buning uchun dunyoning yarmini aylanib chiqdik, o`rgandik, fikr almashdik. Koreya, Singapur, Yaponiya, Dubay, Angliya, Amerika, Germaniya kompaniyalari bilan fikr almashinib, bizning nazarimizda eng yaxshisi bo`lgan, shijoatli, hamda prezidentimizning g`oyalarini amalga oshirishda o`z hissasini qo`shishni chin dildan istagan Ozguven kompaniyasini tanladik. Bino 50 qavatli 215 metrli bo`lib, mintaqadagi eng baland binoga aylanadi. Shu paytgacha Nursulton shahridagi 211 metrli bino O`rta Osiyodagi eng baland hisoblanardi. Loyihaning asosiy mohiyati esa, bu osmono`par bino har kim uchun hamyonbop bo`lishiga qaratilgan. Ushbu loyihamiz o`zbekistonliklarning faxriga aylanadi, deb umid qilamiz. 4-lotda amalga oshirilayotgan bino poydevori uchun er 100 metrga kovlandi, har ikki metrda tuproqni laboratoriyada o`rgandik. Zilzilabardoshligini tekshirdik. Taxminan noyabr oylarida poydevorni tugatib, qavatlarni ko`tarishni boshlaymiz.
- 4-lot yangi qarashlar va noan`anaviy echimlarni o`zida aks ettirmoqda. Biz Markaziy Osiyo va Buyuk Ipak Yo`li markazida joylashgan ushbu loyihada ishtirok eta olganimizdan baxtiryomiz. O`z nou-xaularimizni qo`llashdan tashqari Turkiyaning yirik universitetlaridan professor-o`qituvchilarni ishga taklif qildik va ko`plab mutaxassislardan masalahat oldik. Arxitektura va muhandisliknuqtai nazaridan batafsil tadqiqot va loyihalashtirish ishlari olib borildi.Binoning qurilish jarayonida granitdan kuchliroq bo`lgan M700 beton turidan foydalanildi. Birgina poydevorga quyilgan betondan har biri 80 kvadrat metrga teng 700 ta xonadon qurish mumkin.Agar qurilishda ishlatiladigan barcha temir anjomlarni qo`shsa, 7,5 ming kilometr masofani tashkil etadi. Bu Toshkentdan Istanbulga va orqaga qaytishgacha bo`lgan masofani tashkil etadi. Bu miqdordagi temirdan 25 ming dona avtomobil ishlab chiqarish mumkin bo`ladi.

Ozgur Ozguven, Ozguvenqurilish kompaniyasi rahbari:
Tadbirda 4-lotda quriladigan inshootlar aks ettirilgan videorolik ham namoyish etildi va bir yarim gektar huddudda qad rostlaydigan ushbu ob`ektning rasmiy nomi 15 avgust kuni e`lon qilinishi ma`lum qilindi.
Dilfuza SOBIROVA






