AsosiyJamiyat

Oliy harbiy ta`lim muassasalarida davlat test imtihonlari bo`lib o`tdi

'Oliy harbiy ta`lim muassasalarida davlat test imtihonlari bo`lib o`tdi'ning rasmi

Bugun, 5 iyul kuni Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy ta`lim muassasalari – Qurolli Kuchlar akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo`mondonlik-muhandislik vaO`zbekiston oliy harbiy aviasiya bilim yurtlariga o`qishga hujjat topshirgan nomzodlar uchun davlat test sinovlari o`tkazildi.

Test sinovlari poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi “O`zekspomarkaz” va Olmazor tumanidagi “O`zko`rgazmasavdo” hamda Jizzax olimpia zaxiralari kollejidabo`lib o`tdi. Shundan Chirchiq oliy tank qo`mondonlik-muhandislik bilim yurtiga 1 501, Qurolli Kuchlar akademiyasiga1 655 va O`zbekiston oliy harbiy aviasiya bilim yurtiga 500 nafar abiturient hujjat topshirib, o`z bilimini sinovdan o`tkazdi.

“Esimni tanibmanki, dadamni harbiy libosda ko`rganman va bu sharafli kasbga mehrim tushgan. Muddatli harbiy xizmatdan so`ng shartnoma bo`yicha harbiy xizmatni davom ettira boshladim. Oliy harbiy ta`lim olish esa eng katta orzularimdan biri. Mana shu orzu bugun meni shu erga etaklab keldi”, – deydi Samarqand shahridagi harbiy qismlardan birida xizmat qilayotgan shartnoma bo`yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Avazxon Tojiboev.

Mudofaa vazirligi tomonidan vazirlikning oliy harbiy ta`lim muassasalariga nomzodlarni tanlash yagona tanlov asosida, ya`ni kirish test sinovlari natijalari bo`yicha to`plangan ballarga muvofiq amalga oshiriladi.

“Oliy harbiy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish uchun bu yilgi test sinovlari katta sig`imli pavilonlarda o`tkazilmoqda. Bu sinovlarning oshkoraligi va shaffofligini ta`minlashga xizmat qiladi. Test sinovlari o`tkazilayotgan mazkur inshootlarga zamonaviy kuzatuv kameralari o`rnatilib, onlayn kuzatuv ham yo`lga qo`yildi. Bu pavilon tashqarisida tashkil qilingan maxsus kutish joyida o`tirgan ota-onalar uchun farzandlarining test echish jarayonini kuzatib borishida ham qulaylik yaratmoqda”, – deydi Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi boshlig`i polkovnik Akmal Ortiqov.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar