AsosiyJamiyat

O`qlar ovozi va yakson bo`lgan nishonlar: zenitchilar o`quv-jangovar mashqlarni bajardi (Video)

'O`qlar ovozi va yakson bo`lgan nishonlar: zenitchilar o`quv-jangovar mashqlarni bajardi (Video)'ning rasmi

Nukus garnizonidagi harbiy qismlardan birining zenit batareyasi shartli dushmanning er usti nishonlarini yakson qilish bo`yicha amaliy mashqlarni bajardi.

Garnizonning cho`l va qumli poligonida jazirama issiq va qum bo`ronlarining esishiga qaramay harbiy xizmatchilar shartli dushmanning zirhli texnikalarini birma-bir yakson etdi.

Katta leytenant Farruh Yo`lchiev boshchiligidagi zenitchilar divizioni harbiy okrugdagi eng yaxshilardan biri hisoblanadi. Muddatli harbiy xizmatchilar bu kabi amaliy mashg`ulotlarda ikkinchi bor qatnashayotganiga qaramay, harakatlar ketma-ketligini to`g`ri tuzib chiqdi va nishonlarni aniq yakson qildi.

Shu bilan birga poligonda Xorazm viloyati quruqlikdagi qo`shinlarining Havo hujumidan mudofaa bo`linmalari o`rtasida “Eng yaxshi mutaxassis” tanlovi birinchi bosqichining “Eng yaxshi olib yuriluvchi raketa zent qurilmasi mutaxassisi” va “Eng yaxshi zenit qurilmasi hisobi” yo`nalishi bo`yicha g`oliblar aniqlandi. Leytenanat Abdulatif Abduhalilov boshchiligidagi ZRQ hisobi birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o`tib, ikkinchi — okrug bosqichiga yo`llanma oldi.

Zenitchilar jismoniy tayyorgarlik, nazariy bilim va qurilmani amaliyotda to`g`ri qo`llay bilishi kabi normativlarni ham toshirib, shundan so`ng shartli dushmanning er usti nishonlariga qarata o`q uzdi.


Shimoli-g`arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar