1

«Barselona»dan yirik g`alaba. Messidan xet-trik

Sport 08.12.2014, 12:14
«Barselona»dan yirik g`alaba. Messidan xet-trik

Ispaniya chempionatining 14-turidan o`rin olgan "Barselona" hamda "Espanol" klublari o`rtasidagi uchrashuv o`z nihoyasiga etdi. Unda 5:1 hisobi qayd etilib, mezbonlarning g`alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, o`yinining 13-daqiqasida Garsiya mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Mezbonlar javob golini kiritish maqsadida hujumga zo`r berishdi. Shunday bo`lsa-da, "Espanol" taym oxiriga qadar himoyada ishonchli o`ynab kelayotgan edi. Ammo, baribir Leo Messining mahorati raqib himoyasidan zo`rroq chiqdi va 45-daqiqaga kelib argentinalik futbolchi muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo`limning 5-daqiqasida Messining o`zi Kasilya qo`rqlayotgan darvozaga ikkinchi golni kiritishga muvaffaq bo`ldi. Oradan uch daqiqa o`tar-o`tmas Pike oradagi farqni oshirdi. 77-daqiqaga kelib, zahiradan maydonga tushgan Pedro hisobni yirik ko`rinishga olib kelgan bo`lsa, nihoyat Messi uchrashuvdagi uchinchi golini kiritdi va yakuniy 5:1 natijasini o`rnatdi.

Demak, mazkur g`alaba evaziga “Barsa” 34 ochko to`plab, musobaqa jadvalida ikkinchi o`ringa ko`tarilib oldi.

Ispaniya chempionati. 14-tur

Barselona – Espanol 5:1 (1:1, 4:0)
Gollar: 0:1 – 13 Garsiya, 1:1 – 45 Messi, 2:1 – 50 Messi, 3:1 – 53 Pike, 4:1 – 77 Pedro, 5:1 – 81 Messi.
Barselona – Bravo, Alves, Buskets (Mate, 84), Pike, Alba, Xavi, Maskerano, Rakitich (Inesta, 65), Neymar, Suares (Pedro, 70), Messi.
Espanol – Kasilya, Fuentes, Arbilya, Gonsales, Bertran (Gonsales, 84), Vaskes, Sanches, Kanyas (Moreno, 60), Sevilya, Garsiya, Kaysedo (Stuani, 71).
Ogohlantirishlar: Sevilya (29), Vaskes (52), Gonsales (69), Arbilya (79).

Manba: www.uff.uz   

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1