1

Majburiy ijro byurosi direktori Surxondaryoda sayyor qabul o`tqazdi

Jamiyat 08.07.2019, 20:04
Majburiy ijro byurosi direktori Surxondaryoda sayyor qabul o`tqazdi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxo`jaev ishtirokida aholi bilan to`g`ridan – to`g`ri muloqot qilish, ularning muammolarini bevosita joyida aniqlash va bartaraf etish maqsadida joriy yilning 8 iyul kuni Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida sayyor qabul o`tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Mazkur sayyor qabul Byuroning Muzrabot tuman bo`limi binosida bo`lib o`tdi.

Sayyor qabul davomida murojaatlarning echimini joyida topish choralari ko`rildi hamda o`rganish vaqt talab qiladigan 11 ta murojaatlar alohida nazoratga olindi. Murojaatlarning aksariyati aliment undirish bilan bog`liq murojaatlardir.

Xususan, fuqaro M.Babatovaning hozirda Jizzax viloyatida yashayotgansobiq turmush o`rtog`idan aliment to`lovlarini o`z vaqtida undirib berish masalasi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga tegishli ko`rsatma va topshiriqlar berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1