1

Yangi avtomobil bozori ish boshladi

Jamiyat 09.07.2019, 12:55
Yangi avtomobil bozori ish boshladi

Xo`jaobod tumanining Andijon shahri bilan tutash Xidirsha massivida 4 ming donadan ortiq avtomobil sotish imkoniga ega yangi majmua foydalanishga topshirildi.

– Avtomobil bozorining umumiy maydoni 8 gektarni tashkil etadi, – deydi Andijon viloyati bozorlari va savdo komplekslari uyushmasi raisi Hotamjon Mamarasulov. – Olti gektar maydon turli rusumlardagi avtomobillar uchun alohida-alohida tarzda pavilonlarga ajratiladi. Bozorda sotuvchi va xaridorlar uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan.

1.JPG

Bundan tashqari, hududda avtomobillar ehtiyot qismlarini sotishga ixtisoslashgan 150 ta zamonaviy savdo do`koni barpo etildi.

Qurilish, obodonlashtirish ishlari uchun mahalliy byudjetdan qariyb 20 milliard so`mdan ortiq mablag` sarflandi.

6.JPG

Yangi avtomobil bozori aholi uchun katta qulaylik yaratadi. Agar e`tibor qaratsak, Andijon shahrining Bog`ishamol dahasida joylashgan avvalgi bozor maydoni 3 gektarni tashkil etgan bo`lib, shundan 2 gektar hududda 400 ga yaqin savdo do`koni faoliyat ko`rsatgan, avtomobillarni sotish maydoni esa bor-yo`g`i 80 sotix bo`lgan. Bozor yonidan o`tuvchi katta magistral yo`l, ayniqsa, bozor bo`ladigan kunlari o`ta tirband bo`lar, atrofda yashaydigan aholiga noqulaylik tug`dirar edi. Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan ko`chada amalga oshirilgan mashina savdosi tufayli bozordan tushadigan tushum yiliga taxminan 1,5 milliard so`m kam bo`lgani e`tirof etildi.

10.JPG

O`zgacha qiyofa, qator qulayliklarga ega yangi avtomobil bozori bir vaqtda 4 mingta avtomobilni sig`dira oladi.

11.JPG

Bozor ochilishiga bag`ishlangan tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so`zga chiqdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1