1

Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi urush ketmoqda

Jamiyat 09.07.2019, 14:08
Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi urush ketmoqda

Xabaringiz bor, adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz urush e`lon qilingan. Yaqinda Adliya vazirligi o`z tizimidagi korrupsiya holatlariga qarshi kurarshish uchun ishlab chiqilgan maxsus platforma manzilini e`lon qildi.

Bunda, Adliya vazirligi tizimidagi shu jumladan, adliya boshqarmalari, notarial idoralar, davlat xizmatlari markazlari, yuridik ta`lim muassasalaridagi korrupsiya ko`rinishi haqidagi ma`lumotlarni telegramdagi @antikorbot boti orqali yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platforma orqali yuborishingiz mumkin bo`ladi.

Mazkur platforma orqali yuborilganxabarlar belgilangan tartibda ko`rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi qat`iy sir saqlanishi kafolatlanadi.

Maxsus platforma havolasiga quyidagicha o`tish mumkin: http://www.minjust.uz/uz/anticorruption/feedback

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1