1

Atambaev sobiq prezident unvonidan mahrum qilindi va so`roqqa chaqirildi

Dunyo 10.07.2019, 10:21
Atambaev sobiq prezident unvonidan mahrum qilindi va so`roqqa chaqirildi

Qirg`izistonning 2011-2017 yillardagi prezidenti Almazbek Atambaev sobiq prezident unvonidan mahrum qilindi. Mamlakat palamenti saytida bu borada tegishli hujjat matni e`lon qilingan.

Avvalroq, Atambaev prezidentlarning daxlsizlik huquqidan ham mahrum etilgan edi. Shundan so`ng, malakatda sobiq rahbar tarafdorlarining namoyishlari ham o`tkazildi.

Shuningdek, Atambaevga prezidentlik vaqtida bir qancha jinoyatlar sodir etish ayblovi qo`yilyapti. Korrupsiya, mansabni suiste`mol qilish, jinoyatchi Aziz Batukaevning ozodlikka chiqarilishi shular jumlasidan.

«24.kg» nashrining xabariga ko`ra, sobiq prezident ichki ishlar organiga so`roqqa ham chaqirilgan. Ammo u guvoh sifatida borishdan bosh tortgan. Sobiq rahbar barcha ishlarning qonuniy doirada amalga oshirilishini talab qilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1