Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan Nurafshon tumani Arancha qo`rg`oni desantlashtirish dala-o`quv maydonida 121 nafar desantchi 164 ta sakrash amaliyotini muvaffaqiyatli bajardi.
Ta`kidlash kerakki, desantchilar ichidan 24 nafari ilk bor “parvoz” qildi. Ular joriy yilning sentyabr oyida Qurolli Kuchlar miqyosida “Farg`ona” poligonida o`tkazilishi rejalashtirilgan parashyut sporti musobaqasiga qizg`in tayyorgarlik ko`rmoqda. “D-
“Parashyut kiyish chizig`i”, “Guruh komandiri tekshirish chizig`i”, “Vzvod komandiri tekshirish chizig`i”, “Havo-desant ofiseri tekshirish chizig`i”... Bu ketma-ketlik desantchilarni Havo hujumidan mudofaa qo`shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli Mi-8 harbiy vertolyoti tomon tobora yaqinlashtirib boraveradi. Guruh komandirlari harbiy vertolyotga chiqish oldi so`nggi ko`rsatmalarni berdi.
Shundan so`ng desantchilar guruh-guruhga bo`lingan holda navbatma-navbat belgilangan hududga parashyut bilan sakrash vazifasini bajarishga kirishdi.
Ushbu mashg`ulot davomida ilk bor parashyut bilan sakrayotgan desantchilar ham mavjud. Ularning ko`nikma va imkoniyatlarini kengaytirish, har qanday vaziyatda yuksak ruhiy va jangovar barqarorligini ta`minlashga xizmat qiladigan mashg`ulot, ayniqsa, sakrash borasida “debyut” qilgan harbiylar uchun katta sinov bo`ldi.
Shundan so`ng desantchilar uchun dala sharoitida hozirlangan axborot ma`lumot markazi, psixologik zo`riqishlarni bartaraf etish punkti, tibbiy xizmat xonasi, manaviy hordiq chiqarish xonasi, yuvinish joyi va dala oshxonasi ko`zdan kechirildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti






