1

Farg`onada vazir uchun soxta qabul tashkil etgan rahbar va xodimlar jazolandi

Jamiyat 10.07.2019, 14:14
Farg`onada vazir uchun soxta qabul tashkil etgan rahbar va xodimlar jazolandi

Farg`onada tashkil etilgan soxta qabul to`g`risidagi ma`lumotlarni o`rganish yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining Xizmat tekshiruvi o`tkazish to`g`risidagi buyrug`i qabul qilinib, keltirilgan har bir holat Ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqqan holda atroflicha o`rganildi.

Vazirlik matbuot xizmatidan ma`lum qilinishicha, o`rganish natijasida quyidagilar aniqlangan:

1. Muminova Ziroatxon bo`yicha keltirilgan ma`lumotlar o`z tasdig`ini topmadi. (Ma`lumot uchun – Z.Muminovaning murojaati, uning turmush o`rtog`i Mo`minov Olimjonni tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga Qo`qon tuman Aholi bandligiga ko`maklashish markazi tomonidan berilgan yo`llanmaga ko`ra 28.06.2019 yildagi №65/1-sonli buyruq asosida ishchi vazifasiga ishga joylashtirilganligi bilan hal qilingan).

2. Mirzamatova Gulbaxor bo`yicha keltirilgan ma`lumotlar o`z tasdig`ini topmadi. (Ma`lumot uchun – G.Mirzamatovaning murojaati Oltiariq tuman Aholi bandligiga ko`maklashish markazi tomonidan berilgan yo`llanma asosida Oltiariq tumani Shoshilinch tez tibbiy yordam bo`limiga 28.06.2019 yildagi №135-sonli buyruq asosida sanitarka vazifasiga ishga joylashtirilganligi bilan hal qilingan).

3. Zarifa Xolmuhamedova va Ziyoda Shamsutdinova to`g`risidagi ma`lumotlar o`z tasdig`ini topdi. (Ma`lumot uchun – Marg`ilon shahar aholi bandligiga ko`maklashish markazining rahbariyati mas`ul xodimlari tomonidan ko`zbo`yamachilik holatiga yo`l qo`yilgan). Ushbu holat bevosita mehnat organlarining mas`uliyati va bu biz uchun juda ayanchli holat.

4. Sayyor qabulni tashkil etish va o`tkazishda ko`zbo`yamachilik va xatolikka yo`l qo`ygan Aholi bandligiga ko`maklashish markazlari mas`ul rahbar va xodimlariga nisbatan Mehnat Kodeksida belgilangan intizomiy jazo choralari qo`llanildi.

Kelgusida bunday holatlarni oldini olish maqsadida mazkur masala Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining navbatdagi Hay`at yig`ilishi kun tartibi muhokamasiga kiritildi.

Ma`lumot o`rnida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining Farg`ona viloyatida tashkil etilgan sayyor qabulida jami murojaat etgan 53 nafar fuqarolardan 37 nafarining murojaati ijobiy hal etilgan.

Xususan, murojaat qilgan fuqarolarning 22 nafari doimiy ishga joylashtirilgan, 7 nafari haq to`lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, 5 nafariga o`z tadbirkorligini boshlash uchun kredit olish masalasida tavsiyalar berilgan (bank bilan bog`liq masalalar nazoratga olingan), 1 nafar fuqaroga shaxsiy tomorqasida issiqxona qurish uchun subsidiya ajratishga hujjatlari rasmiylashtirilgan.

1 nafar fuqaro kasbga yo`naltirilgan. Xususiy Bandlik Agentligi faoliyatidan norozi 1 nafar fuqaroning to`lagan pullari undirib berilgan.

2 nafar fuqaroning murojaati qalbakilashtirilganligi uchun asossiz deb topilgan.

Qolgan 14 nafar fuqaroning murojaatlarini hal qilish, ularni ishga joylashtirish masalasi yuzasidan joyida mas`ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berilgan va ijrosi bo`yicha muddatlar belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1