1

18 iyulgacha O`zbekistonda anomal issiq kuzatiladi, tog`larda sel xavfi bor

Jamiyat 10.07.2019, 14:18
18 iyulgacha O`zbekistonda anomal issiq kuzatiladi, tog`larda sel xavfi bor

«O`zgidromet» ma`lum qilishicha, 11-18 iyul kunlari O`zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan juda issiq havo oqimi kirib keladi. Shu sababli respublikamiz bo`ylab o`rtacha ko`p yillik qiymatlaridan 5-7 darajaga yuqori bo`lgan juda issiq ob-havo kuzatilishi kutilmoqda.

Havo harorati kunduzi +40...+42 daraja, janubda va cho`l hududlarda +43...+45 darajagacha ko`tarilishi mumkin.

Shuningdek, harorat ko`tarilishi hisobiga Tojikiston va Qirg`iziston hududlaridan O`zbekistonning tog` oldi va tog`li hududlariga glyasial (muzli) sel oqimlari o`tishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1