1

O`zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Islom To`xtaxo`jaev 4 ta o`yinga diskvalifikasiya qilindi

Sport 10.12.2014, 16:16
O`zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Islom To`xtaxo`jaev 4 ta o`yinga diskvalifikasiya qilindi

Osiyo Futbol Konferedasiyasi Tartib-intizom Qo`mitasi O`zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Islom To`xtaxo`jaevni 4 ta uchrashuvga chetlatdi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston futbol federasiyasi rasmiy sayti.

O`zbekiston terma jamoasi himoyachisi Incheon shahrida o`tkazilgan Osiyo O`yinlari 1/8 finalida Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvdan so`ng uchrashuv hakami tomonidan maydondan chetlatilgan. OFK Tartib-Intizom qo`mitasi mazkur vaziyatni ko`rib chiqdi va To`xtaxo`jaevni 4 ta o`yinga chetlatdi.

Ta`kidlash lozim, mazkur diskvalifikasiya nafaqat rasmiy, balki norasmiy o`yinlar va o`rtoqlik uchrashuvlariga ham ta`sir qiladi. O`zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Osiyo Kubogi bahslarigacha to`rtta o`rtoqlik uchrashuvi yoki norasmiy turnirlarda terma jamoa qaydnomasiga ham kiritilmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1