1

Peru futbolchisi Joao Kontrerasni o`yin vaqtida yashin urdi

Sport 10.12.2014, 18:49
Peru futbolchisi Joao Kontrerasni o`yin vaqtida yashin urdi

Bugun, 10 dekabr kuni Peruning “Sport Akuilla” klubi futbolchisi yashin urishidan jarohat oldi. Hodisa mamlakat kubogi o`yini vaqtida yuz bergan, deya xabar beradi lenta.ru nashri.

O`yinning ikkinchi taymi boshlanishidan avval, yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq gumburlay boshlagan. Aynan ana shu vaqtda futbolchi Joao Kontrerasni yashin urgan.

O`yin zudlik bilan to`xtatilib Joao shifoxonaga olib ketilgan. Ayni damda sportchi og`ir ahvolda, shifokorlar unga oyoqning uchinchi darajali kuyishi tashxisini qo`yishgan.

Bundan tashqari, yashin urishidan yana bir nafar futbolchi va hakam ham jabr ko`rganligi xabar qilinmoqda.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1