1

Dori va uning narxi haqida mobil ilova orqali ma`lumot olish mumkin bo`ladi

Jamiyat 13.07.2019, 09:56
Dori va uning narxi haqida mobil ilova orqali ma`lumot olish mumkin bo`ladi

2019 yil 12 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Sog`liqni saqlash vazirligi va Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan farmasevtika sanoatidagi islohotlarga bag`ishlangan matbuot anjumanida dori-darmon sifatini nazorat qilish borasidagi ishlar xususida ham to`xtalib o`tildi.

— Xavotirga o`rin yo`q. Dori vositalarining sifati qat`iy nazoratda bo`lib, sifatsiz dori vositalarining ishlab chiqarilishiga va chetdan yurtimizga kirib kelishiga aslo yo`l qo`yilmaydi, — dedi tadbirda Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK axborot-tahlil bo`limi boshlig`i Muhabbat Ibrohimova. — Shu maqsadda farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish Agentligi qoshida Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi faoliyat yuritayapti.

Vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi boshlig`i Furqat Sanaevning ta`kidlashicha, ushbu markaz O`zbekis­tonga kirib kelayotgan va ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining sifatini nazorat qiladi, ularni davlat ro`yxatidan o`tkazadi. Mazkurmuassasa tomonidan 2018 yil va 2019 yilning 1 mayiga qadar sifati talabga javob bermagani uchun 258 nomdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, 43 nomdagi substansiyalarga muvofiqlik sertifikati berish rad etilgan.

Ma`lum bo`lishicha, bu boradagi ishlar yanada takomillishtirilib, dori vositalarini elektron tarzda nazorat qilish tartibi belgilanadi. Bunda xalqaro tajribalarni o`rgangan holda yangi tizim joriy etilyapti. Unga ko`ra, har bir import qilinayotgan va ishlab chiqarilayotgan dori vositasiga maxsus stikerlar yoki yorliqlar joylanib, dori rastalariga etkaziladi. Kelgusida shu stiker yoki yorliqlar asosida aholi har bir dori va uning narx-navosi haqida mobil ilova orqali batafsil ma`lumot olishi mumkin bo`ladi.

Sog`liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1