1

Samarqand garnizonidagi maktablarda harbiy vatanparvarlik va qurol saqlash xonalari tashkil etilmoqda (Video)

Jamiyat 13.07.2019, 10:02
Samarqand garnizonidagi maktablarda harbiy vatanparvarlik va qurol saqlash xonalari tashkil etilmoqda (Video)

Markaziy harbiy okrug qo`mondonligi, Samarqand viloyati hokimligi hamda Xalq ta`limi boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatdagi 1214 ta maktabda harbiy vatanparvarlik va o`quv qurollarini saqlash uchun maxsus xonalar tashkil etilmoqda. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda maktablarda yoshlarni chaqiruvga qadar tayyorlash fani xonasi maxsus vositalar bilan jihozlanib, eskicha qolib va yondashuvlar butunlay voz kechiladi. Bundan bir necha yil oldin mamlakatimizning barcha hududlaridagi maktablarda 10,11-sinflarning tugatilishi bilan o`quv qurollari va harbiy aslahalar maketlari hamda qurollardan o`q otish xonalari yoppasiga yig`ishtirib olingandi. Yoshlar harbiy xizmat haqida to`liq tushunchaga ega bo`lmay, “Vatanparvar” ko`rsatuvini ko`rib, o`qituvchilar tomonidan o`tilgan mavzularni tasavvuriga keltirib, armiyaga borishga odatlandi.

Yaqin ikki yil ichida esa “Xalq va armiya yakdil” degan shior o`z ma`nosida ishlatila boshlandi. Harbiy texnikalar paradi o`tkazildi, armiya kuch-qudrati namoyish etilib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi yo`lga qo`yildi.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 868-sonli qaroriga muvofiq, maktablarda maxsus harbiy vatanparvarlik xonalari tashkil etilib, 90 turdagi o`quv ko`rgazmali harbiy qurol va aslahalar bilan ta`minlanadigan bo`ldi.

Bungacha, maktablarda chaqiruvga qadar tayyorlash fanlari 10-sinf o`quvchilariga 68 soat va 11-sinflarga esa 51 soat vaqt ajratilib, darslar ko`rgazmali vositalarsiz nazariy tashkil etilib, yakunda esa 3 kunlik dala yig`ini o`tkazilishi ko`zda tutilgan bo`lsa-da, tashkil etilmadi. Endilikda mazkur jarayon Mudofaa ishlari boshqarmasi va bo`limlari tomonidan nazorat qilinadi. Hozirgi vaqtga kelib, Samarqand shahridagi mudofaa ishlari boshqarmasi hamda viloyat hokimligi bilan hamkorlikda qariyb 1 mlyard so`mlik buyuk siymolar hamda qurol-aslaha tavsifi aks etgan stendlarning bir qismi 200 dan ziyod maktablarga etkazildi. O`quv qurollari, harbiy aslahalar maketi va boshqa turdagi vositalarni etkazilish muddatlari haqida kelishib olindi.

Shuningdek, viloyatdagi umumta`lim maktablardagi chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik sinf xonalarining o`quv moddiy bazalari o`rganilib, zaruriy vositalar bilan ta`minlash qatorida, harbiy xizmatchilar tomonidan Vatan himoyasi yo`lida jon fido etgan o`g`lonlarga bag`ishlangan, jasorat oynasi tashkil etilmoqda.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1