1

Sog`liqni saqlash vazirligi: Yuqumli bo`lmagan kasalliklar mamlakatimizdagi barcha o`lim holatlarining 78 foizini tashkil qilmoqda

Jamiyat 13.07.2019, 10:57
Sog`liqni saqlash vazirligi: Yuqumli bo`lmagan kasalliklar mamlakatimizdagi barcha o`lim holatlarining 78 foizini tashkil qilmoqda

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lumotlariga ko`ra, keyingi bir necha o`n yil ichida ortiqcha tana vazni va semizlik muammosi butun dunyoda kuchayib bormoqda. 2016 yilning o`zida yuqumli bo`lmagan kasalliklar 40 million odamning umriga zavol bo`ldi, bu esa dunyo bo`yicha barcha o`lim holatlarining 70 foizini tashkil qiladi.

Ma`lumki, mamlakatimizda ham har yili barcha o`lim holatlarining 78 foizi yuqumli bo`lmagan kasalliklar tufayli yuz bermoqda. 2017 yilda jinsi va yoshi bo`yicha standartlashtirilgan o`lim sabablari umumiy ko`rsatkichida birinchi o`rinni qon aylanish tizimi kasalliklari (69 foiz), shu jumladan, yurak ishemik kasalligi, arterial gipertoniya va uning asoratlari (miokard infarkti, bosh miyaga qon quyilishi) egalladi. Ulardan keyin xavfli o`smalar (8 foiz), qandli diabet (3 foiz) va nafas olish a`zolarining surunkali kasalliklari (3 foiz) joy oldi.

Mutaxassislar xavfli omillar profilaktikasi va yuqumli bo`lmagan kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy yordamni tashkil qilish va ko`rsatish tizimini yaxshilash, shuningdek, sog`lom turmush tarzigi amal qilish orqali O`zbekistonda yuqumli bo`lmagan kasalliklar sababli barvaqt o`lim topish holatlarining oldini olish mumkinligini ta`kidlamoqda.

Shundan kelib chiqqan holda Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan muntazam ravishda sog`lom turmush tarziga rioya etish borasidagi ommaviy tadbirlar o`tkazib kelinmoqda.Bu bejiz emas. Mutaxassislarning ma`lum qilishicha, haftada atigi 2,5 soatlik jismoniy faollik erta o`lim holatlarini 28 foizga, yurak kasalliklarini ehtimolini esa 20 foizga kamaytirar ekan. Oddiygina yurish orqali yurak qon-tomir kasalliklari, insult, xavfli o`smalar, nafas olish a`zolarining surunkali kasalliklari va qandli diabet kabi yuqumli bo`lmagan kasalliklarning oldini olgan bo`lamiz.

Odamlarni jismoniy faollikka chorlovchi ommaviy tadbirlarning navbatdagisi 13 iyul, shanba kuni mamlakatimiz bo`ylab tashkil etildi.Jumladan, Olmazor tumanida joylashgan Toshkent tibbiyot akademiyasi stadionida hamommaviy gimnastika va 5 kilometr masofaga yurish mashg`ulotlariga qo`shimcha ravishda, tibbiyot xodimlari, Xotin-qizlar qo`mitasi, mahalla faollari va yoshlar bilan hamkorlikda “Salomatlik startlari”, “Salomatlik maydonchasi”, “Biz tamakisiz xudud uchun ovoz beramiz” tadbirlari hamda mahallalarda yoshlar bilan zararli odatlarning salbiy oqibatlari haqida suhbatlar uyushtirildi.

Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1