1

Mudofaa vazirligi sayyor qabulida 4 kun davomida 832 ta murojaat ko`rib chiqildi

Jamiyat 13.07.2019, 16:03
Mudofaa vazirligi sayyor qabulida 4 kun davomida 832 ta murojaat ko`rib chiqildi

Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo`yicha o`rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi mas`ul mansabdor shaxslardan iborat guruh 9-12 iyul kunlari Markaziy harbiy okrugda joylashgan harbiy qism va muassalarda sayyor qabul o`tkazdi.

Samarqand, Kattaqo`rg`on, Jizzax, Zarafshon, Navoiy shaharlari hamda Uchquduq tumanida bo`lib o`tgan qabullar davomida jami 832 ta murojaat bo`ldi. Okruglar kesimida tahlil qiladigan bo`lsakSharqiy harbiy okrugdao`tkazilgan sayyor qabul davomida 694 ta, Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrugda esa murojaatlar soni 429 tani tashkil etgan.

Qabullar davomida Mudofaa vazirligi markaziy apparatidan iborat ishchi guruh barobarida okrug qo`mondonligi mas`ul ofiserlari, joylardagi davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari hamda harbiy pensionerlarning mavjud muammolari, talab, taklif va ehtiyojlari o`rganilib, ularga amaliy ko`mak berish yuzasidan ish olib borildi.

Taqqoslash uchunviloyatlar kesimida tahlil qiladigan bo`lsakSamarqand shahrida ipoteka krediti asosida uy-joylar olish muddatiga aniqlik kiritib berish masalasidamurojaatlar 15 foiz (Jizzax viloyatida20 foiz),harbiylar oila a`zolarining kasalligi hamda oilada yolg`iz o`g`illigi tufayli xizmat joyini ko`chirish masalasi 23 foiz (Jizzax viloyatida 26 foiz),muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatini o`tab qaytgan fuqarolarni kontraktbo`yicha harbiy xizmatgachaqirish masalasida 2 foiz (Jizzax viloyatida 1,5 foiz),harbiy pensionerlarningfarzandlariga respublika oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma berish masalasi 1 foiz (Jizzax viloyatida 1,5 foiz),harbiy xizmatchilarning oila a`zolari va harbiy pensionerlarning davolanish masalasi 1 foiz (Jizzax viloyatida 5 foiz), harbiy xizmatchilarning oila a`zolari va harbiy pensionerlarni ishga hamda ularning farzandlarinibog`cha va maktablarga joylashtirish masalasida 4 foiz (Jizzax viloyatida 10 foiz)ni tashkil etgan.Ta`kidlash kerakki, Markaziy harbiy okrugda oilaviy muammolar bo`yicha birorta murojaat bo`lmagan.

General-mayor Azizbek Ikramov Zarafshon shahridagi harbiy qism harbiy xizmatchilari uchun harbiy libos tikishga mo`ljallangan tikuv sexini borib ko`rdi. Yaqinda ochilgan mazkur tikuv sexi sabab 6 nafar harbiy xizmatchining turmush o`rtog`i ish bilan ta`minlangan. Mudofaa vazirining o`rinbosari bu erda mehnat qilayotganlar bilan suhbatlashib, ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.Harbiy xizmatchilarningoila a`zolarini tadbirkorlik bilan shug`ullanishlari uchun berilgan imtiyoz va imkoniyatlar bilan tanishtirish,bu boradagi targ`ibot ishlarini kuchaytirish bo`yicha ko`rsatma berdi.

Hududlarda davlat va jamoat tashkilotlari bilan har bir murojaat ortida inson, oila taqdiri yotishi joyida hal etilmagan muammolar albatta va`daga ko`ra bajarilishi shartligi ta`kidlandi va bu boradagi ishlarni natijasini o`rtoqlashishga o`zaro kelishib olindi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1