AsosiyDunyo

AQSh Facebook kompaniyasiga 5 mlrd. dollar jarima soldi

'AQSh Facebook kompaniyasiga 5 mlrd. dollar jarima soldi 'ning rasmi

AQSh Federal savdo komissiyasi Facebook kompaniyasiga 5 mlrd. dollar miqdorida jarima soldi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.

Kompaniyaning jarimaga tortilishiga 2018 yili voqealar ya`ni Cambridge Analytica kompaniyasi 87 mln ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining shaxsiy malumotlarni ularning ruxsatisiz qo`lga kiritishi sabab bo`ldi. Bu AQSh federal savdo komissiyasi tomonidan texnologik kompaniyalarga nisbatan joriy etilgan eng yirik jarimadir. Cambridge Analytica kompaniyasi bilan bog`liq ushbu mojaro yuzasidan Facebook Yuuyuk Britaniya hukumati talabi bilan 644 mln.dollar miqdorida ham jarima to`lagan edi. Bundan avval Facebook Cambridge Analityca kompaniyasi foydalanuvchilarning shaxsiy ma`lumotlarini o`zining siyosiy loyihalarini amalga oshirishda foydalanganini aytib, bu masalada aldanganini aytgan edi. Ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerberg kompaniya shaxsiy ma`lumotlarni himoya qilishda jiddiy xatoga yo`l qo`yganini tan olgan edi.

Boshqa yangiliklar