1

Gvardiyachi kinologlar sertifikatga ega bo`ldi

Jamiyat 15.07.2019, 10:15
Gvardiyachi kinologlar sertifikatga ega bo`ldi

O`zbekiston Davlat bojxona qo`mitasining Milliy kinologiya markazida respublikamiz bo`ylab Milliy gvardiya bo`linmalarida harbiy xizmat olib borayotgan bir qator harbiy xizmatchilarga kinolog mutaxassisligi bo`yicha sertifikatlar topshirildi, deya xabar bermoqda Milliy gvardiya matbuot xizmati.

Milliy gvardiyaning mutaxassis kinologlari ushbu markazda turli yo`nalishlar bo`yicha o`quv kurslariga jalb etilib, malaka oshirmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qismlarida mutaxassis kinologlarning kinologiya kasbiga doir mahoratlarini oshirish, ularda xizmat itini maxsus yo`nalishlar bo`yicha qo`llash ko`nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etilayotgan o`quv kurslarining yakuniy imtihoni davomida harbiylar umumiy hamda maxsus mashq kurslari bo`yicha sinovlarni o`zlariga biriktirilgan xizmat itlari bilan birga topshirdi.

Milliy gvardiya bo`linmalarida xizmat o`tab kelayotgan harbiy xizmatchilar orasidan kinolog mutaxassislarining muntazam ravishda malakasini oshirish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1