1

Bugun Butunjahon Intellektual o`yinlari boshlanadi

Sport 11.12.2014, 16:23
Bugun Butunjahon Intellektual o`yinlari boshlanadi

Bugun Xitoy poytaxti Pekin shahrida Butunjahon Intellektual o`yinlari boshlanadi. 17 dekabrga qadar davom etadigan an`anaviy musobaqada shaxmat, shashka kabi intellektual o`yinlar bo`yicha bahslar tashkil etiladi. Bu haqda olamsport.com xabar beradi.

Ko`pchilikning e`tibori qaratiladigan erkaklar o`rtasidagi shaxmatning rapid va blis bahslarida 16 nafar grossmeyster ishtirok etadi.

Ular orasida ozarbayjonlik Shaxriyar Mamadiyarov, Teymur Rajabov, Aleksandr Grishuk, Sergey Karyakin, Yan Nepomnyashiy ( hammasi Rossiya), Maksim Vashe-Lagrav, Eten Bakro (ikkisi ham Fransiya), Vasiliy Ivanchuk, Ruslan Ponomarev (ikkisi ham Ukraina), Levon Aronyan (Armaniston), Boris Gelfand (Isroil), Anish Giri (Gollandiya), Leyner Dominges (Kuba), Veselin Topolov (Bolgariya) hamda mezbon shaxmatchilar Van Yue va Van Xaolar dona surishadi.

Ayollar o`rtasidagi shaxmat musobaqasi ishtirokchilari: Xou Ifan, Szyuy Venszyun, Chjao Syue (barchasi Xitoy), Anna Muzichuk, Mariya Muzichuk, Anna Ushenina (barchasi Ukraina), Aleksandra Kostenyuk, Valentina Gunina, Tatyana Kosinseva (barchasi Rossiya), Nana Dzagnidze, Bela Xotenashvili (ikkisi ham Gruziya), Xampi Koneru, Xarika Dronavalli (ikkisi ham Hindiston), Antoaneta Stefanova (Bolgariya), Elizabeti Pets (Germaniya), Piya Kramling (Shvesiya).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1