1

“Beshiktosh” va “Tottenhem” uchrashuvi vaqtida stadion chiroqlari o`chib qoldi

Sport 12.12.2014, 11:07
“Beshiktosh” va “Tottenhem” uchrashuvi vaqtida stadion chiroqlari o`chib qoldi

Kecha, 11 dekabr kuni UEFA ligasining guruh bosqichlarida so`nggi tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi. “C” guruhidan joy olgan Turkiyaning “Beshiktosh” hamda Angliyaning “Tottenhem” jamoalari Istanbuldagi “Otaturk” o`yingohida maydonga tushishdi. 6-turgacha “Tottenhem” hisobida 11, “Beshiktosh”da esa 9 ochko mavjud edi. Bu o`yin guruhdan qaysi jamoa birinchi o`rin bilan keyingi bosqichga yo`l olishini hal qilib berar edi. O`yinning 59-daqiqasida “Beshiktosh” yarimhimoyachisi Jenk Tosun tomonidan kiritilgan gol o`zining yagonaligini saqlab qoldi hamda Slaven Bilich shogirdlari to`plagan ochkolari soni 12 taga etib, ular birinchi o`rin bilan pley-offga chiqishdi. E`tiborli tomoni, bu mag`lubiyat tufayli “shporlar”ning UEFA kubogi uchun o`yinlardagi 18 o`yindan iborat mag`lubiyatsiz seriyasi nihoyalandi.

O`yin davomida yuz bergan eng e`tiborli hodisa esa, birinchi taym vaqtida maydon atrofiga o`rnatilgan projektorlarning o`chib qolgani bo`ldi, deya xabar beradi kun.uz nashri. Muxlislarning aniqlik kiritishicha, 2 marta bir necha daqiqadan atrofdagi chiroqlar o`chib qolgan. Stadion xodimlari bunga kichik texnik nosozliklar sabab bo`lgani haqida aytishmoqda.

Endi UEFA rahbariyati tomonidan turklar uchun ma`lum jazo choralari qo`llanishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, shunga o`xshash hodisa 2013 yil 10 sentyabrida Toshkentning “Paxtakor” markaziy stadionida o`tkazilgan O`zbekiston va Iordaniya terma jamoalari o`rtasidagi bahsda ham kuzatilgan, lekin o`sha o`yinda mehmonlar g`alaba qozonishgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1