Hindistonning Ahmadobod shahridagi ko`ngilochar bog`lardan birida baxtsiz hodisa ro`y berdi. Bu erda atraksionning sinib ketishi natijasida kamida ikki kishi halok bo`ldi.
Ma`lumotlarga ko`ra, hodisa Gudjarot shtatidagi Kankariya bog`ida ro`y bergan. «Diskaveri» nomli attraksionda 30 kishi uchayotgan vaqtda baxtsiz hodisa ro`y bergan. Mayatnik ko`rinishidagi attraksionning aylana gondolasi sinib ketgan. Natijada ikki kishi halok bo`lgan, yana 15 kishi og`ir tan jarohati olgan. Yuz bergan ko`ngilsiz voqea oqibatida jami 29 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Sud laboratoriya ekspertizasi attraksion nima sababdan singaniga aniqlik kiritmoqda.
17.11.2023, 09:49
3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...16.11.2023, 12:40
Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...10.11.2023, 12:45
Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...04.11.2023, 12:37
Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...