1

Mehr bilan qalblar yorug`dir

Jamiyat 17.07.2019, 16:13
Mehr bilan qalblar yorug`dir

Qibraylik Mirali Choriev harakatchan, bir ishning boshini tutdimi, oxiriga etmaguncha qo`ymaydigan bilimli, zehnli inson bo`lgan. Turli sohalarda samarali ishlab hurmat-e`tibor topdi. Mirali akani bilganlar Sharofat opaning tarbiyasini olganda, deya uning sha`niga iliq gaplar aytishardi. Uning oiladagi o`rni, farzandining kamoliga qarab bir havas qilsalar, ishga, g`ayratiga, odamlarga bo`lgan samimiy muomalasi-yu, jamiyatda tutgan o`rniga yana bir havas qiladilar. Biroq, ular ortidagi mas`uliyat, mehnat va mashaqqatlar uning yolg`iz o`zigagina ayon. U turmush o`rtog`i bilan uzoq yillar birga ahillikda turmush kechirishdi. To`satdan kelgan o`lim Mirali akaning turmush o`rtog`idan bevaqt ayirdi. Musibatli kunlarning yuki og`ir bo`larkan. U sabrdan to`n kiyib, turmush o`rtog`iga bo`lgan sadoqati bilan yillarni o`tkazdi. Sharofat ona o`g`li bilan birgalikda uch nafar nabirasining kemtik qalbiga malham bo`ldi. Ayoli olamdan o`tganda kichik farzandi juda yosh edi.

Ayolining vafotidan keyin uch marotaba insultni boshidan o`tkazgan va nogiron bo`lib qolgan M.Choriev gapira olmasa-da, xonadoniga tashrif buyurgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlarini ko`rib, xursandchiligidan ko`ziga yosh oldi.

– Qo`shnim bu yil 61 yoshga to`ldi. Kasalligi tufayli nogiron bo`lib qoldi, – deydi tumandagi “Baytqo`rg`on” mahallasida yashovchi Saida Isroilova. – Albatta, onasi Sharofat opa uchun farzandining baxtsizligini ko`rishdan og`ir azob yo`q. Ammo, har doim davlatimizning e`tiborini his qilib turadi, mahalla-ko`y, homiy tashkilotlar doim xabar olib turishibdi. Biz mahalla faollari Davlatimiz rahbaridan ham, ushbu tadbirni uyushtirayotgan Ichki ishlar vazirligi rahbariyatidan hamda Malaka oshirish instituti xodimlaridan ham juda minnatdormiz.

– Mamlakatimizda nogironligi bo`lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to`laqonli a`zosi ekanligini qo`llab-quvvatlash maqsadida turli tadbirlar o`tkazilmoqda, deydi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig`i, yuridik fanlar doktori, professor, polkovnik Nuriddin Normatov. – Darhaqiqat, Davlatimiz Rahbarining tashabbusi bilan nogironligi bo`lgan shaxslarning to`laqonli hayot kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, ularga tibbiy-ijtimoiy yordam berish tizimini yanada takomillashtirish bo`yicha muhim Farmon va Qarorlar qabul qilindi. Birgina, “nogiron” so`zi o`rniga “nogironligi bo`lgan shaxs” iborasini qo`llash belgilangani yurtimizda inson omiliga bo`lgan yuksak e`tiborning natijasidir.

Institutimiz professor-o`qituvchilari tomonidan o`tkazilayotgan “Mening mahallamda jinoyat sodir bo`lmasligi kerak” mavzusidagi ma`rifiy tadbirlar davomida hududiy ichki ishlar organlari xodimlari va keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda mahallalarda istiqomat qilayotgan kam ta`minlangan, nogironligi bo`lgan fuqarolar, yakka yolg`iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olinyapti.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, keksalar va nogironlarni qo`llab-quvvatlash, turmush darajasini oshirish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish, og`irini engil qilish, hayotdan rozi bo`lib yashashiga ko`maklashish har birimizning insoniy burchimizdir.

– poytaxtimizning Mirzo Ulug`bek tumani “Ahillik” mahallasida yashovchi Dmitriy Kuznevskiy 3 yoshligida meningit tufayli “kar-soqovlik”ni orttirib olgan, – deydi biz bilan suhbatda uning qo`shnisi Ilmira O`taeva.

Onasining vafoti uni tushkunlikka tushirib qo`ydi. Dmitriy va uning turmush o`rtog`i gapira va eshita olmasa-da, eshigini taqillatib kelgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlarini ko`rib, xursand bo`lishdi.

Suhbat jarayonida ushbu oila imo-ishora orqali har doim davlatimizning e`tiborini his qilib turishlarini, mahalla-ko`y, homiy tashkilotlar doimo xabar olib turganliklarini tushuntirishga harakat qildi.

– Mahallamizda 3024 nafardan ziyod turli millat vakillari ahil-inoqlikda istiqomat qilib kelishmoqda, – deydi “Ahillik” mahallasi 99-milisiya tayanch punkti profilaktika inspektori, katta leytenant Sardor Gainazarov. – Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida joylarda o`tkazilayotgan ushbu targ`ibot-tushuntirish ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining professor-o`qituvchilari tomonidan o`tkazilgan mazkur uchrashuv ham samarali bo`ldi. Fuqarolarimiz o`zlarini qiziqtirgan savollariga to`laqonli javoblar oldilar.

Shuningdek, bag`rikenglik va saxovatpeshalik qon-qoniga singib ketgan Institut jamoasining mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisini yo`qotgan, imkoniyati cheklangan Namangan shahri “Qadamjo” mahallasida yashovchi, 1945 yilda tug`ilgan B.Bonnaboev, Toshloq tumani ”Furqat” mahallasi yashovchi, 1958 yilda M.Rizaqulova, Namangan tumani ”Kichik Toshbuloq” mahallasi yashovchi kam ta`minlangan, yakka yolg`iz D.Djaloliddinovlar kabi o`nlab oilalarning xonadonlariga borilib, g`amxo`rlik ko`rsatilgani e`tirofga loyiqdir.

O`zbekiston Respublikasi IIV

Malaka oshirish instituti

matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1