1

O`zbekiston - Falastin o`yinini boshqarib boradigan hakamlar ma`lum

Sport 12.12.2014, 11:53
O`zbekiston - Falastin o`yinini boshqarib boradigan hakamlar ma`lum

O`zbekiston va Falastin terma jamoalari o`rtasida 13 dekabr kuni bo`lib o`tadigan o`rtoqlik uchrashuvini Muhammad Al Zaruniy boshchiligidagi BAAlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
OK-2015ga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston milly terma jamoasi ayni damda BAAning Dubay shahrida o`zining navbatdagi yig`inini o`tkazayotganidan xabaringiz bor. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi terma jamoa mazkur yig`in doirasida 13 dekabr kuni Dubay shahrida Falastin terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvni esa Muhammad Al Zaruniy boshchiligidagi BAAlik hakamlar brigadasi boshqarib boradigan bo`ldi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi OK-2015ga tayyorgarlikni ikki bosqichda olib boradi. Rejaga ko`ra, ilk yig`in Dubay shahrida 14 dekabr kunigacha davom etadi. BAAdagi ikkinchi yig`in esa 17-28 dekabr kunlari bo`lib o`tadi. Mazkur yig`in davomida milliy terma jamoa Falastindan tashqari Iordaniya (20 dekabr) va Iroq (25 va 28 dekabr) terma jamoalariga qarshi o`rtoqlik uchrashuvlarini o`tkazadi.
O`rtoqlik uchrashuvi.
13 dekabr. Dubay, BAA.
O`zbekiston - Falastin
Bosh hakam: Muhammad Al Zaruniy (BAA)
Laynsmenlar: Ali Al Jasim Abdulla, Ahmad Al Rashadi (ikkisi ham BAA)
Zaxira hakami: Abdulla Alzaabi (BAA).

Manba: www.the-uff.com   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1