1

​5 muhim tashabbus tarbiyasi og`ir bolalar hayotida ham amalda

Jamiyat 18.07.2019, 12:24
​5 muhim tashabbus tarbiyasi og`ir bolalar hayotida ham amalda

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan o`quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to`g`risida”gi Qaroriga muvofiq, Xalq ta`limi vazirligi huzurida Sirdaryo viloyati, Baxt shahrida Respublika o`g`il bolalar o`quv-tarbiya muassasasi tashkil etilgan hamda Milliy gvardiyaga biriktirilgan.

O`tgan hafta davomida Milliy gvardiya qo`mondonligi tashabbusi bilan ushbu o`quv-tarbiya muassasasida davlat rahbarimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus yo`nalishlari bo`yicha bir qator tashkilotlar hamkorligidagi ishlar amalga oshirildi.

Xususan, yoshlarda san`atga bo`lgan qiziqishni orttirish maqsadida taniqli san`atkorlar bilan turli ijodiy uchrashuvlar o`tkazilishi yo`lga qo`yildi.

Sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo`yicha musobaqalar tashkillashtirildi. Shuningdek, mashhur sportchilar bilan ham uchrashuvlar tashkil etildi. Misol uchun, Rio-2016 Olimpiada o`yinlari chempioni Hasanboy Do`smatov boks bo`yicha master-klass o`tib berdi.

Yoshlarning ma`naviyatini yuksaltirish hamda ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish maqsadida Harbiy-texnik instituti professor-o`qituvchilari tomonidan davra suhbatlari va kitob mutolaasi bo`yicha madaniy-ma`rifiy tadbirlar o`tkazildi.

Respublika o`g`il bolalar o`quv-tarbiya muassasasida 5 ta muhim tashabbusning har bir yo`nalishi bo`yicha maxsus to`garaklar tashkil etilgan bo`lib, tarbiyalanuvchilar iqtidori va qobiliyatlariga ko`ra guruhlarga biriktirilgan.

Kuni-kecha Milliy gvardiya qo`mondoni general-polkovnik B.Tashmatov va Sirdaryo viloyati hokimi G`.Mirzaevlar o`quv muassasasining faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tarbiyalanuvchilar bilan uchrashdi.

Suhbat davomida Milliy gvardiya qo`mondonligi iqtidorli yigitlarga kelgusida o`zlari qiziqqan kasbiy yo`nalishda o`qish va ishlash imkoniyatiga ega bo`lishga ko`maklashishini, hech bir tarbiyalanuvchi e`tibordan chekkada qolmasligini bildirib, ushbu maktab ularning hayot yo`li ekanligiga, avvalo, o`zlari ishonishlari lozimligini, qolaversa, kelajagi uchun harakat qilayotgan har bir o`smir yigit, albatta, jamiyatda o`z o`rnini topa olishini ta`kidlashdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1