1

Chirchiqda harbiy xizmatchilar oila a`zolarining muammo va takliflari o`rganildi

Jamiyat 20.07.2019, 11:49
Chirchiqda harbiy xizmatchilar oila a`zolarining muammo va takliflari o`rganildi

Toshkent harbiy okrugi Chirchiq garnizonida joylashgan harbiy qismda “Ma`naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” munosabati bilan o`tkazilgan bu galgi tadbir harbiy xizmatchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Respublika ma`naviyat targ`ibot markazi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova, Chirchiq harbiy prokurorining yordamchisi, adliya kapitani Gulchehra Tursunova, Chirchiq shahar jome` masjidi imom xatibi Musoxon Boboev, Mudofaa vazirligi xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila a`zolari bilan ishlash bo`yicha bosh mutaxassis Zulfiya Mansurova ishtirok etgan mazkur tadbir davomida harbiy xizmatchilar ma`naviy kamolga etishning dunyoviy, diniy, huquqiy va ijtimoiy yo`l-yo`riqlaridan voqif bo`ldi.

Ma`naviy-ma`rifiy tadbir davomida turli adabiyot, ilm-fan, geosiyosat, tarix, jahon siyosati, harbiy xizmat, ijtimoiy hayot mavzulariga oid ibratomuz hayotiy voqealar ishtirokchilarga ma`naviy ozuqa berdi.

- Agar imkonim bo`lganida edi, bugungi suhbatlarni video tasvirga muhrlardim, – deydi oddiy askar Javlonbek Qosimov. – Mehmonlarning ma`ruzalari quroldoshlarimni to`lqinlantirib yubordi. Bu kabi suhbatlar bizning ma`naviy boyligimizni oshirishga xizmat qiladi.

Kunning ikkinchi yarmida harbiy qism mehmonlari harbiy xizmatchilarning oila a`zolari bilan muloqot qildi. Unda uy bekalarining muammo va takliflari o`rganildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1