1

«Real» safarda «Almeriya»ni mag`lub etdi va rekordini yana yangiladi

Sport 13.12.2014, 08:12
«Real» safarda «Almeriya»ni mag`lub etdi va rekordini yana yangiladi

Madridning "Real" klubi Ispaniya chempionati 15 turida "Almeriya" maydoniga safar qildi va 1:4 hisobida g`alabaga erishdi. Shu tariqa madridliklar ketma-ket yigirmanchi marta g`olib chiqdilar va ispan klublariga tegishli bo`lgan rekordni yana yangiladilar. 
Uchrashuvning 34 daqiqasida Isko hisobni ochdi. So`ngra 39 daqiqada Versa hisobni tenglashtirdi. Biroq keyinchalik 41 daqiqada Beyl kiritgan goldan so`ng ustunlik madridliklar tomoniga o`tdi. Krishtianu Ronalduning 81 va 88 daqiqalarda kiritgan gollari bu ustunlikni yanada mustahkamladi. O`z navbatida "Almeriya"da ham vaziyatni o`nglash uchun imkoniyat bo`ldi. Ammo belgilangan penaltini Iker Kasilyas qaytarishga muvaffaq bo`ldi.
Shu tariqa madridliklar g`olibona yurishlarini davom ettirmoqdalar. Eslatib o`tamiz, avvalgi rekord "Barselona" jamoasiga tegishli edi. Kataloniyaliklar 2005 yilning oktyabridan 2006 yilning yanvariga qadar 18 o`yinda ketma ket g`alabaga erishganlar.
Shu o`rinda ta`kidlab o`tish lozim, "Real" so`nggi 87 kunda Ispaniya chempionati doirasida 12 uchrashuv, EChLda 6 va Ispaniya Kubogida 2 o`yinda g`olib chiqqan.
Ispaniya chempionati, 15 tur
Almeriya – Real Madrid 1:4 (1:2, 0:2)
Gollar:  0:1 – 34 Isko, 1:1 – 39 Versa, 1:2 – 42 Beyl, 1:3 – 81 Ronaldu, 1:4 – 88 Ronaldu. 
Almeriya – Martines, Masedo, Navarro, Truxilo, Veles (Korona, 82), Versa, Teye, Mendes, Soriano (Silva, 67), Dyubarbe (Zongo, 59), Xemed.
Real Madrid – Kasilyas, Karvaxal, Pepe, Varan, Marselo, Ilyarramendi, Kroos, Isko, Beyl, Benzema (Koentrau, 85), Ronaldu.
Ogohlantirishlar:  Versa (11), Beyl (24), Dyubarbe (30), Soriano (52), Marselo (57), Ilyarramendi (62), Veles (64), Ronaldu (76).

Manba: www.uff.uz    

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1