1

Mamlakatimiz charm qo`lqop ustalari Boku turnirida mutloq g`oliblikka erishdilar

Sport 13.12.2014, 08:22
Mamlakatimiz charm qo`lqop ustalari Boku turnirida mutloq g`oliblikka erishdilar

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boks bo`yicha yoshlar o`rtasida o`tkazilgan xalqaro turnirda O`zbekiston terma jamoasi a`zolari 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo`lga kiritib, mutloq g`oliblikni qo`lga kiritdi. 

 

Terma jamoamiz hisobiga oltin medallarni Kamronbek Eshmatov (- 49 kg), Sherzod Komilov (-56 kg), Boburmirzo Tolibov (-60 kg), Iqboljon Xoldorov (-64 kg), Obidjon Tohirov (-91 kg) va Eldor Merjanov (+91) keltirdilar. Kumush medalga Sulaymon Latipov (-56 kg) sazovor bo`lgan bo`lsa, Shunqor Abdurasulov (-52 kg), Sultonmurod Omonov (-75 kg) va Bahromjon Fozilov (-81kg) bronza medallari bilan taqdirlandilar. 

 

Xalqaro turnirda mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi bilan birga (bosh murabbiy Marat Qurbonov), Ozarbayjon, Albaniya, Qozog`iston, Misr, Isroil, Gruziya va Ukraina terma jamoalari ishtirok etishdi. 

 

Qizg`in kechgan musobaqa yakunlariga ko`ra, O`zbekiston termasi mutloq g`oliblikka erishgan bo`lsa, 2 ta oltin medalga sazovor bo`lgan qozog`istonliklar ikkinchi, bittadan oltin medalni qo`lga kiritgan Ukraina va Albaniya vakillari uchinchi o`rinni egallashdi.

Manzil: O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1