1

Notariuslarning 2 foizi talabga javob bermaydi!

Jamiyat 24.07.2019, 10:11
Notariuslarning 2 foizi talabga javob bermaydi!

Adliya vazirligi tizimdagi idoralarda xalqqa xizmat ko`rsatish sifati va tezkorligini oshirish, ular faoliyatidagi kamchilik va muammolarni tuzatish, xalol, shaffof va ochiq ishlaydigan kadrlar salohiyatini yanada yaxshilash bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar davom ettirmoqda.

Xususan, vazirlik tomonidan 2019 yilning I yarim yillik davomida notariuslarning ish faoliyati sifati ushbu jarayonga uchinchi shaxslar aralashuvini istisno etuvchi avtomatlashtirilgan elektron dastur orqali baholandi.

Sifatni baholashda notarial harakatlar soni, notariusning xizmat faoliyatiga oid ma`lumotlar va uning faolligi kabi mezonlar asos qilib olindi.

Baholash natijalari ko`ra jami 731 nafar notariuslardan 123 nafari faoliyati “a`lo”, 427 nafari faoliyati “yaxshi”, 167 nafari faoliyati “qoniqarli” va 14 nafari faoliyati esa “talabga javob bermaydi” deb baholandi.

Ish faoliyati qoniqarsiz deb topilgan notariuslarning soni
2018 yilning 2-yarmi davomida 10 foizni tashkil etgan bo`lsa, tizimda olib borilayotgan keng ko`lamli ishlar natijasida bu ko`rsatgich 2019 yilning
1-yarmida 2 foizni tashkil etganini alohida ta`kidlash joiz.

Baholash reytingida dastlabki 3 ta eng yuqori o`rinni egallagan notariuslarning ikki nafari Buxoro viloyatida va bir nafari esa Farg`ona viloyatida faoliyat ko`rsatadi:

  • Aminov Abduazim Aminovich – Buxoro viloyati, Kogon shahar DNI notariusi — 95 ball (maksimal 100 balgacha);
  • Usmonov Nodirbek Valievich – Farg`ona viloyati, Toshloq tuman 1-son DNI notariusi – 95 ball;
  • Murodova Oydina Sa`dullaevna – Buxoro viloyati, Olot tuman DNI notariusi – 94 ball.

“Talabga javob bermaydi” deb baholangan 14 nafar notariuslarning 11 nafari Toshkent shahrida, 1 nafardan Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida faoliyat yuritadi.

Reytingda so`nggi uch o`rinni egallagan notariuslar:

729.Yusupova Sadokat Rustambaevna – Xorazm viloyati, Urganch shahar
1-son DNI notariusi – 42 ball;

730. Djumaev Kamiljan Gulyamovich – Navoiy viloyati, Navoiy shahar
1-son DNI notariusi – 40 ball;

731. Xidoyatova Adiba Abdupattaxovna – Toshkent shahri, Shayxontoxur tuman 5-son DNI notariusi – 38 ball.

Barcha davlat idoralari kabi notariuslar faoliyatida ham uyma-uy yurish tizimi joriy etilgan bo`lib, bu borada ular tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida respublikadagi notarial idoralar tomonidan 18 721 ta notarial harakatlar notarial idoradan tashqarida sayyor holda amalga oshirildi. Bu ko`rsatgich o`tgan davrga nisbatan 6 503 taga yoki 34,7 foizga oshgan.

Shuningdek, tahlil qilingan davrda 55 ta notarial harakat sudlar tomonidan haqiqiy emas deb topilgan bo`lsa, 37 nafar notariuslarning xatti-harakatlari ustidan kelib tushgan shikoyatlardagi vajlar qisman tasdiqlangan.

Adliya vazirligi tomonidan ish faoliyati “a`lo” deb topilgan notariuslarni rag`batlantirib borish hamda “talabga javob bermaydi” deb baholangan notariuslar faoliyatini yaxshilash choralarini ko`rish va profilaktik ishlarni amalga oshirish tizimi yaratildi.

Reytingning to`liq ro`yxati bilan www.minjust.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin. Quyidagi havola orqali.

Hozirgi kunda vazirlik tomonidan notariuslar faoliyatini bevositafuqarolar tomonidan notarial xizmatlarni olish vaqtida baholash tizimini joriy etish bo`yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Notariuslari faoliyati baholash bo`yicha takliflaringizni info@minjust.gov.uz elektron pochtasiga yo`llashingiz mumkin.


Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1