1

Bu yilgi Haj mavsumi uchun to`lov 5 million so`mga arzonlashtirildi

Jamiyat 24.07.2019, 11:21
Bu yilgi Haj mavsumi uchun to`lov 5 million so`mga arzonlashtirildi

Bu yilgi Haj mavsumi uchun sarf-xarajatlari smetasi bo`yicha har bir ziyoratchidan olinadigan mablag` 33 million 300 ming so`m etib belgilandi, ya`ni narx 5 million so`mga arzonlashtirildi. Bu haqda kecha, 23 iyul kuni “Haj-2019 mavsumi”ga bag`ishlangan brifingda ma`lum qilindi.

Nuriymon Abulhasan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita rais o`rinbosari:

— Joriy yildan e`tiboran Saudiya Arabistonida barcha turdagi xizmatlarga 5 foizlik qo`shimcha qiymat solig`i va mehmonxonalarga yana 2,5 foizlik soliq kiritildi, bu xizmat ko`rsatish narxlarining oshishiga sabab bo`lishi mumkin edi. Lekin o`zbekistonlik har bir ziyoratchi uchun belgilagan xizmatlar narxi oshirilishi o`rniga, sezilarli darajada tushirildi. Bu yilgi Haj mavsumi uchun sarf-xarajatlari smetasi bo`yicha har bir ziyoratchidan olinadigan mablag` 33 million 300 ming so`m etib belgilangandi, ya`ni narx 5 million so`mga arzonlashtirildi.

Qo`mita matbuot xizmati xabar qilishicha, yurtdoshlarimiz shu yilning 24 iyul – 3 avgust kunlari Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Urganch-Madina hamda Nukus-Madina yo`nalishlarida haj safariga kuzatiladi va shu yo`nalishlarda mamlakatimizga qaytib keladi. Ziyoratchilarimiz shu yildan e`tiboran Madina shahrida 5 yulduzli “Pullman zamzam” mehmonxonasida, Makka shahrida 4 yulduzli “Abrojul Hidoya” mehmonxonalarida istiqomat qiladi.

Ma`lumot uchun, 2016 yilda 5 ming nafar ziyoratchi Haj safariga borgan bo`lsa, 2017 yildan buyon ularning soni 2 ming nafarga ko`paygan, umumiy ko`rsatkich 7 mingga etgan, bu yil ham xuddi shuncha mo`min-musulmon yurtdoshlarimiz Haj ibodatini ado etadi.

Haj va Umra tadbirlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyun kunidagi 364-sonli “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o`tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori asosida tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1