1

Xushxabar: Saida, Xosiyat va Husayn – jahon olimpiadasi sovrindori bo`ldi

Jamiyat 24.07.2019, 15:39
Xushxabar: Saida, Xosiyat va Husayn – jahon olimpiadasi sovrindori bo`ldi

Kuni kecha Vengriya poytaxti Budapesht shahrida biologiya fanidan o`tkazilgan 30-jahon olimpiadasida o`zbekistonlik o`quvchilar 3 ta bronza medalni qo`lga kiritdi.Mazkur olimpiada o`quvchilar o`rtasida o`tkaziladigan eng muhim nufuzli xalqaro tadbirlardan biridir. Joriy yil unda dunyoning 80 ga yaqin davlatidan 300 nafardan ortiq iqtidorli o`quvchilar ishtirok etdi.

Jumladan, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik liseyi o`quvchilari Saida Valijonova, Xosiyat Qudratova va Navoiy akademik liseyi o`quvchisi Husayn Egamovlar ham mazkur olimpiadada ishtirok etib, bronza medal sovrindorlari bo`lishdi.

- Ta`lim muassasamiz o`quvchi yoshlari 2008 yildan buyon kimyo fani bo`yicha o`tgan qator jahon va xalqaro olimpiadalarda munosib ishtirok etib, bugungacha ellikka yaqin oltin, kumush va bronza medallarni qo`lga kiritdi,- deydi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik liseyidirektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ortiqboy Ishonqulov.- Bu galgi jahon olimpiadasida o`quvchilarimiz biologiya fanidan ham sovrindorlar safidan joy olgani katta yutug`imiz bo`ldi.

Ma`lumki, bugungi kunda mamlakatimizda ta`lim tizimida jadal islohotlar olib borilmoqda. Bu jarayonda ta`lim sifati va samaradorligini oshirish, ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalardan ta`lim jarayonida oqilona foydalanish yuzasidan muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda 300 nafardan ziyod o`quvchilar tahsil olayotgan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik liseyipedagogik jamoasi ham bu borada ta`lim tizimi oldida turgan vazifalarni izchillik bilan amalga oshirish, yoshlarga xalqaro andozalar darajasida ta`lim berishga alohida e`tibor qaratmoqda.

Ta`lim muassasasi professor-o`qituvchilari bu jarayonda mamlakatimiz va xorijdagi etakchi ilm-fan, ta`lim maskanlari bilanhamkorlik qilib kelmoqda. Buning natijasida xorijdagiva mamlakatimizdagi nufuzli ilm-fan muassasalarining olimlari va pedagoglar ta`lim jarayoniga jalb etilayapti. Dars va mashg`ulotlarni o`tishda poytaxtimizdagi va Rossiyadagi oliy o`quv yurtlarining o`quv-ilmiy bazalaridan samarali foydalanilayapti.

Ma`lumotlarga ko`ra, ayni kunlarda akademik liseyning yana bir guruh yoshlari Fransiya poytaxti Parijda kimyo fanidan o`tayotgan xalqaro olimpiadada ishtirok etayapti. Demak, xorijdan yoshlarimizning zafarli odimlari haqida xushxabarlar kelishi davom etadi, degan umiddamiz.

Sog`liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1