1

Toshkent harbiy okrugi qo`mondoni harbiylar va ularning oila a`zolari ishtirokida sayyor qabul o`tkazdi

Jamiyat 25.07.2019, 09:30
Toshkent harbiy okrugi qo`mondoni harbiylar va ularning oila a`zolari ishtirokida sayyor qabul o`tkazdi

Toshkent harbiy okrugi tashabbusi bilan Respublika harbiy prokuraturasi, Bo`stonliq tumani Xalq ta`limi bo`limi, Mehnat va bandlikka ko`maklashish markazi, moliya muassasalari, sog`liqni saqlash va qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari ishtirokida sayyor qabul tashkil qilindi.

Okrug qo`shinlari qo`mondoni polkovnik Zokirjon Sayfudinov rahbarligida bo`lib o`tgan sayyor qabulda 400 ga yaqin harbiy oilalar o`z muammo va murojaatlari bilan qatnashdi.

Murojaatlarning aksariyati xalq ta`limi, bank va moliya muassasalari, maktabgacha ta`lim, salomatlik markazi, bandlikka ko`maklashish, ro`yxatga qo`yish kabi qator masalalar echimiga qaratildi.

Harbiy oilalar tomonidan ko`tarilayotgan aksar masalalar shu joyning o`zida tegishli tashkilot vakillari tomonidan ko`rib chiqildi. Masalan, Xalq ta`limi yo`nalishida ko`rsatilgan 9 ta murojaatning 5 tasi, iste`mol va imtiyozli avtokreditlar bo`yicha 3 ta murojaatdan hammasi, tuman tibbiyot birlashmasi va salomatlik markaziga yo`llangan 5 ta murojaatning barchasi shu erning o`zida ijobiy hal etildi.

Bandlikka ko`maklashish bo`yicha kelgan 6 nafar murojaat egasiga ish bilan tanishish uchun yo`llanma berildi.

Shu bilan birga, harbiy qismga yaqin joyda tekstil fabrikasi faoliyat yuritayotgani sabab, unda mehnat qilayotgan harbiy oilalar uchun o`sha yo`nalishda qatnaydigan marshrut ajratish masalasi ko`rib chiqildi. Kotej hovlilar qoshida xususiy bolalar bog`chasi tashkil qilish masalasi ham ko`pchilik tomonidan qo`llab-quvvatlandi. Chunki bunda harbiy oilalar qo`shimcha ish bilan ta`minlanadi.

Keng ko`lamda o`tkazilgan sayyor qabul echimini topmay kelayotgan ko`plab masalalarga oydinlik kiritishi bilan ham ahamiyatli bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1