1

So`xlik yoshlar oliy ta`lim muassasalariga imtiyozli qabul qilinadigan bo`ldi

Jamiyat 25.07.2019, 09:36
So`xlik yoshlar oliy ta`lim muassasalariga imtiyozli qabul qilinadigan bo`ldi

Farg`ona viloyatining anklav hududi hisoblangan, 76 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan So`x tumanida 2019 yil 23 iyul kuni viloyat sektor rahbarlari, ya`ni 1-sektor rahbari, viloyat hokimi Sh.M.G`aniev, 2-sektor rahbari, viloyat prokurori S.Turdiev, 3-sektor rahbari, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i R.Mamatov, 4-sektor rahbari, viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig`i Yu.Nasimjonovlar tomonidan ommaviy sayyor qabul o`tkazildi.

Qabul hududlarda aholini qiynab kelayotgan va ko`plab e`tirozlarga sabab bo`layotgan dolzarb muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar ko`rish, fuqarolarning davlat idoralariga bo`lgan ishonchini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Qabul jarayonida barcha viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, prokuratura, IIB va sud organlari hamda tuman sektor rahbarlari ishtirok etdilar.

Qabulda jami 254 nafar fuqarolar qatnashib, ulardan bevosita sektor rahbarlariga 162 ta murojaat kelib tushdi. Jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining 28 ta ichimlik suvi va sug`orish tizimida suv ta`minoti, 16 ta ichki yo`llarni ta`mirlash, 20 ta qurilish ishlarini olib borish, 10 ta mahalla fuqarolar yig`ini faoliyati va ularning moddiy-texnika bazasi masalasida, 8 ta uy-joy masalasida, 4 ta moddiy yordam ko`rsatish va boshqa masalalarda murojaatlari ko`rib chiqildi.

O`tkazilgan qabul natijalari bo`yicha 25 nafar murojaatchilarning masalasi joyida ijobiy hal etildi, 19 nafar murojaatchilarga tushuntirish berildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlardan kelib chiqqan holda So`x tumani axolisini ijtimoiy-ma`naviy qo`llab-quvvatlash, ularga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida mavjud holatni to`liq o`rganib chiqish bo`yicha viloyat hokimligi, boshqarma va tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etildi.

Aholi bilan suhbat davomida ular o`zlarini qiynab turgan muammolarni bayon etdilar. Jumladan, Hushyor qishlog`idan kutubxonachi bo`lib ishlagan, hozirda pensiyadagi Ikromova Zulfiyaxon opa “Obod qishloq” dasturi bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlardan minnatdor ekanligini bildirar ekan, qishloqdagi talabga javob bermay qolgan eski madaniyat uyi binosini buzib, binoni yangidan qurib, bu erda madaniyat maskani barpo etishni, kutubxona ham ochishni taklif qildi. Masala mas`ul rahbarlar e`tiboriga havola qilindi, topshiriq berildi. Bu kabi ko`plab murojaatlar sayyor qabul davomida bildirildi.

So`x tumani Sarikanda qishlog`i Gulirayhon ko`chasida yashovchi Mamasharipov O`lmasjonning “Nogiron qizi uchun nogironlik aravachasi va moddiy yordam berish masalasida”, So`h tumani G`aznov qishlog`ida yashovchi Mirzoeva Fayzinisoning “Fuqarolik pasportini olish masalasida”gi va boshqa qator murojaatlar ijobiy hal etildi.

Rovon qishlog`ida yashovchi Ergashev Metinning "Sog`liqni saqlash sohasida mutaxassislar etishmasligi sabab viloyat markazidan etishmaydigan sohalar bo`yicha mutaxassislar yuborish to`g`risida”gi murojaati ijobiy hal etilib, tibbiyot yo`nalishidagi oliy ta`lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun viloyat hokimligiga ajratilgan 14 ta kvotadan 10 tasi so`xlik yoshlar uchun ajratib berildi.

Yangiariq qishlog`ida yashovchi Ibragimov Tolibjonnning tumanda kurash maktabini ochish bo`yicha taklifi yuzasidan viloyat hokimligi tomonidan 400 mln so`m mablag` ajratish rejalashtirildi.

Shuningdek, tumanga kuz-qish mavsumi uchun 5000 tonna ko`mir olib kelinishi, qishga tayyorgarlik ishlari uchun 3 mlrd so`m pul mablag`i ajratilgani bildirildi.

Qabul davomida 12 nafar malakali tibbiyot xodimlari tashrif buyurib, ular bir hafta davomida tumanda istiqomat qiluvchi aholini, ayniqsa, ayollar, yoshlar, keksalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazmoqdalar.

Shuningdek, Davlat xizmatlari agentligi Farg`ona viloyati boshqarmasi tomonidan tuman aholisi uchun sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi. So`x tumanida o`tkazilgan qabul davomida ko`plab so`xliklar ularga berilayotgan e`tibor, g`amxo`rlik va imkoniyatlardan juda ko`plab minnatdorchiliklarini bildirib o`tdilar. Jumladan, 85 yoshli otaxon, mehnat fahriysi Subhiddin Sharofiddin, “Fidokorona mehnatlari uchun” ordeni sohibi Shahodat Boybolaeva va boshqalar xalq g`amini o`ylayotgan viloyat rahbarlari, avvalo barcha ijobiy o`zgarishlar boshida turgan mamlakatimiz Prezidentiga So`x aholisi nomidan minnatdorchilik bildirdilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1