1

Ilk marotaba Navoiy garnizonida Kuchishlatar bo`linmalar hamkorligida tungi maxsus mashg`ulotlar o`tkazildi (Video)

Jamiyat 25.07.2019, 09:40
Ilk marotaba Navoiy garnizonida Kuchishlatar bo`linmalar hamkorligida tungi maxsus mashg`ulotlar o`tkazildi (Video)

23-24 iyul kunlari ilk marotaba Markaziy harbiy okrugiga qarashli Navoiy garnizonida Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda tungi mashg`ulotlar o`tkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma`lum qildi.

Markaziy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondoni polkovnik Oybek Saidov rahbarligida o`tkazilgan tungi amaliy mashg`ulotlarda Navoiy shahri xavfsizligi uchun mas`ul vazirliklarning maxsus va tezkor bo`linmalar jalb etildi.

Dastlab DXX va Ichki ishlar vazirligi tezkor bo`linmasi tomonidan kechki soat chamasi 20.15 da noqonuniy qurollangan kichik guruh Navoiy shahri markaziy ko`chalaridan Beruniy ko`chasiga tomon engil mashinada harakatlanib, “Keran zit” ishlab chiqarish zavodi binosiga joylashgani ma`lum qilindi. Shu bilan birga qurolli kimsalar qaysi chegara hududidan o`tganligi, shaxsi va tayyorgarligi haqida tezkor ma`lumotlar aniqlandi. Binoga xavfsiz kirish yo`llari razvedka qilindi.

Tez fursatda Mudofaa, Ishchi ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiya tarkibidan yig`ma maxsus otryad tuzildi. Ular 3 guruhga bo`linib harakatlanishi kelishib olindi.

Maxsus bo`linma shaxsiy tarkibi tezkor vazifalarga kirishdi. “Tigr” nomli engil zirhlangan texnikalar, zamonaviy qurollar, mo`ljal ko`rsatuvchi lazer, teplovizor vositasi (ya`ni inson tanasidan chiqayotgan issiqlikka qarab, binoda qancha odam joylashganini ko`rsatuvchi moslama), har bir harbiy xizmatchi harakatini onlayn tarzda uzatib turadigan moslama, qurollarga o`rnatilgan maxsus tungi optik asboblar shay holatga keltirildi.

Maxsus yig`ma otryad taqib qilinayotgan guruhga dastlab kelishuv yo`li taklif qilindi. Rad etilgach, “Kobra” usulida shturm qilinishi bo`yicha ko`rsatma berildi. Ya`ni binoning tepa qismidan maxsus uchlik hamda yon va pastki qismidan qurshovga olish guruhi harakatlanib, qidiruvda bo`lgan shaxslar o`rtada qo`lga olinadi.

Qo`mondonlik tomonidan maxsus operasiyani kuzatish uchun bino yaqinida maxsus joy jihozlandi.

Mazkur amaliy o`quvda Ichki ishlar vazirligi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi shartli dushmanni tezkor qo`lga olish bo`yicha alohida jonbozlik ko`rsatdi.

24 iyun kuni Markaziy harbiy okrug qo`mondoni tomonidan Kuchishlatar tuzilmalar rahbarlari bilan tungi mashg`ulot yakuni o`tkazildi. Yo`l qo`yilgan kamchiliklar va yutuqlar e`tirof etildi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1