AsosiyDunyo

Evropa tarixidagi eng issiq beshinchi yoz mavsumi kuzatilmoqda (Video)

'Evropa tarixidagi eng issiq beshinchi yoz mavsumi kuzatilmoqda (Video)'ning rasmi

Germaniya iqlim tadqiqotlari instituti mutaxassislarining ta`kidlashicha Evropa tarixida eng issiq beshinchi yoz mavsumi kuzatilmoqda. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Iqlimshunoslarning ko`p yillik kuzatuvlaridan ma`lum bo`lishicha, joriy mavsumdagi kabi anomal jazirama faqatgina 21 asrda kuzatilmoqda. Fransiyaning Bordo shahrida havo harorati bo`yicha so`nggi o`n olti yil davomida saqlanib turgan rekordko`rsatkich yangilandi. Seshanba kuni bu erda sinoptiklar soya joyda + 41,2 darajali issiqni qayd etishdi. Xuddi shu kabi holat La-Manshning boshqa qirg`og`ida ham kuzatilmoqda. London aholisi jazirama issiqdan istirohat bog`larida panoh topmoqda.

Jahon meteorologiya tashkiloti mutaxassislarining so`zlariga ko`ra, bu kabi jazirama iqlim o`zgarishi jarayonlarining yorqin isbotidir.Anomal jazirama avvalgiga qaraganda ko`proq va tez- tez sodir bo`lmoqda. Va ancha erta boshlanib, borgan sari uzoq davom etmoqda. Jazirama issiq o`rmon yong`inlarin keltirib chiqarib, qariyalar orasida o`lim holatining ortishiga sabab bo`lmoqda.Eslatib o`tamiz, 2003 yili Evropada kuzatilgan jazirama issiq 15 mingdan ortiq kishining o`limiga sabab bo`lgan edi.


Boshqa yangiliklar