1

“Forish”ga uyushtirilgan media-tur: Xalqaro armiya o`yinlariga ilk bor mezbonlik qilayotgan O`zbekiston

Jamiyat 25.07.2019, 10:25
“Forish”ga uyushtirilgan media-tur:  Xalqaro armiya o`yinlariga ilk bor mezbonlik qilayotgan O`zbekiston

23 iyul kuni Mudofaa vazirligi tomonidan bir guruh jurnalist va blogerlar uchun Jizzax viloyatida joylashganForishtog`-dala poligoni bo`ylab media-tur tashkil etildi.

O`zbekiston armiyasi tarixida OAV vakillari uchun hali biror marta bu qadar keng ko`lamli tadbir tashkil etilmagan bo`lsa kerak, sayohat respublikaning nufuzli internet nashrlari, televidenie vakillari hamda blogerlar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo`ldi.

Xalqaro armiya o`yinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” yo`nalishiga ilk bor mezbonlik qilayotgan O`zbekiston mehmonlarni kutib olishga barcha sharoitlarni yaratgan. Jizzax bag`rida harbiy shaharcha emas, “Harbiy mamlakat” bunyod etilgandek go`yo. Armiya bo`lgani bilan milliyligimizni targ`ib etuvchi detallarni har bir qadamda uchratasiz. Har bir viloyatning hunarmandchilik va kosibchilik an`analarini namoyot etib turuvchi uychalar esa… Shunchaki tahsinga sazovor.

Uch soat davomida bosib o`tilgan uzoq yo`ldan keyin “Forish” poligoniga kirib bordik. Harbiy orkestr sadolari ostida kutib olingan OAV vakillari uchun dastlab matbuot anjumani tashkil etildi. Unda O`zbekiston mudofaa vazirining o`rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov hamda Mudofaa vazirligi Tibbiy ta`minot boshqarmasi boshlig`i polkovnik Nosirjon Fozilov ishtirok etib, Xalqaro armiya o`yinlari haqida ma`lumot berdi.

“ArMI—2019” xalqaro armiya o`yinlari 2019 yilning 3 avgustidan 17 avgustga qadar 10 ta davlat hududida (Rossiya, Ozarbayjon, Belarus,Qozog`iston, Eron, Armaniston, Hindiston, Mo`g`uliston va O`zbekiston) o`tkaziladi. Undan dunyoning 85 ta davlatidan jamoalar ishtirok etishi ko`zda tutilgan.

Joriy yilda O`zbekiston quyidagi 14 yo`nalish bo`yicha musobaqada ishtirok etadi: “Qo`shin razvedkasi a`lochisi”, “Xavfsiz marshrut”, “Elburs halqasi”, “Yo`l patruli”, “Sodiq do`st”, “Merganlar marrasi”, “Qurolsoz usta”, “Musaffo osmon”, “Tank biatloni”, “Artilleriya olovi ustasi”, “Dala oshxonasi”, “Harbiy rally”, “Rembat” va “Harbiy-tibbiy estafeta”.

“Harbiy-tibbiy estafeta” — harbiy shifokorlar va tibbiy bo`linmalar orasida o`q otish, maxsus tibbiy ko`nikmalarni (birinchi yordam, yaradorni jang maydonidan olib chiqish va boshqa) bajarish bo`yicha musobaqa. Musobaqa ikki bosqichda o`tkaziladi:

1.Individual mahorat

2.Jamoaviy birinchilik va “Eng yaxshi mexanik-haydovchi”.

2019 yilgi Xalqaro armiya o`yinlarining mazkur yo`nalishida 12 ta davlat vakillari birinchilik uchun o`zaro kurashadi — Armaniston, Angola,Ozarbayjon, Belarus, Rossiya, Vetnam, Qozog`iston, Zimbabve, Myanma,Tojikiston va O`zbekiston.Venesuela kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1