1

Anqarada O`zbekiston-Turkiya hukumatlararo iqtisodiy komissiyasi yig`ilishi bo`lib o`tdi

Jamiyat 25.07.2019, 10:28
Anqarada O`zbekiston-Turkiya hukumatlararo iqtisodiy komissiyasi yig`ilishi bo`lib o`tdi

Anqarada O`zbekiston-Turkiya hukumatlararo iqtisodiy komissiyasi yig`ilishi doirasida O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vaziri o`rinbosari S.Xodjaev hamda Turkiya qishloq va o`rmon xo`jaligi vaziri o`rinbosari A.Ozkaldi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda Qishloq xo`jalik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda ishbilarmonlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, imtiyozlar, eksport uchun yaratilgan qulaylik haqida ma`lumot berildi. O`zbekiston-Turkiya qishloq xo`jaligi sohasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar faoliyati muhokama etildi.

Suhbat davomida qishloq xo`jaligi sanoatini chiqindilardan biologik tozalashda turk texnologiyalarini tadbiq etish, O`zbekiston asalarichilar uyushmasi va «Balrarmak» kompaniyasi o`rtasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida O`zbekistonda issiqxonalarda changlatish uchun maxsus «Bumblebee» turk asalarilarini ko`paytirish tizimini joriy qilish, O`zbekiston hududida zamonaviy muqobil energiya manbaalarida ishlaydigan resurstejamkor texnologiyalar asosida issiqxonalar va ko`chat etishtiruvchi korxonalarni tashkil etishda Turkiya investisiyalarini jalb qilish, bu borada ilg`or konsalting kompaniyalari bilan Evropa Ittifoqi, Jahon banki, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning mablag`larini jalb qilish buyicha hamkorlik qilish kabi masalalar muhokama etildi.

2.jpg

Bundan tashqari, Turkiya kompaniyalarining ilg`or tajribasidan kelib chiqib, O`zbekiston iqlimi sharoitida zamonaviy muzlatish kameralaridan to`g`ri foydalanish hamda meva-sabzavotlarning sifatini saqlagan holda tashqi bozorlarga etkazish masalalarida mahalliy bog`dorchilik va issiqxona xo`jaligida faoliyat olib boradigan fermer xo`jaliklari xodimlarini Turkiyaning tajribali xo`jalik sub`ektlari va ilmiy muassasalarida malaka oshirish kurslarini yo`lga qo`yishga kelishib olindi.

Uchrashuvda ta`kidlanganidek, O`zbekiston dunyoning 80dan ortiq mamlakatlariga 1,25 million tonna hajmdagi 889 million dollar miqdorida qishloq xo`jaligi mahsulotlarini eksport qilishga muvaffaq bo`lgan. 2018 yilda Turkiya mamlakatimiz meva-sabzavot eksporti tarkibida 6-o`rinni egalladi.

Uchrashuv yakunida O`zbekiston-Turkiya qishloq xo`jaligi sohasidagi ishchi guruhining navbatdagi yig`ilishi joriy yil noyabr oyida o`tkazilishiga kelishib olindi.

5.jpg

O`zbekiston delegasiyasi Anqara shahrida ikki mamlakat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo Komissiyaning beshinchi majlisida ishtirok etdi. An`anaviy dustlik va o`zaro hamjihatlik ruhida bo`lib o`tgan Komissiya yig`ilishida ikki mamlakat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy holati, bu sohadagi munosabatlarning yanada rivojlantirilishi hamda o`zaro investisiyalarning orttirilishi masalalari ko`rib chiqildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1