AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Xalqaro Turistik tashkilotlarning “Musulmon mehmondo`stligi” yo`nalishida baholash reytingi joriy etiladi

'O`zbekistonda Xalqaro Turistik tashkilotlarning “Musulmon mehmondo`stligi” yo`nalishida baholash reytingi joriy etiladi'ning rasmi

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan 2019 yil 29 iyul kuni Singapur “CrescentRating” agentligining musulmon mehmondo`stligi xizmatlari reytingi (1) yurtimizga joriy etilishi munosabati bilan taqdimot o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma`lumot o`rnida: “CrescentRating” agentligi Jahon halol turizm bozorida yirik ekspertlardan sanaladi. Tashkilot 2015 yildan boshlab “Jahon musulmon sayyohlari indeksi” (Global Muslim Travel Index) reytingini e`lon qilib keladi. Mazkur reytingga130 ta mamlakat a`zo bo`lib,unda 40 dan ortiq mezonlar asosida musulmon sayyohlar uchun taklif etiladigan xizmatlar baholanadi.

Reytingga ko`ra yurtimiz 2019 yilda “Jahon musulmon sayyohlik indeksi”da 22-o`rinda bo`lib, bu o`tgan yilga nisbatan 10 pog`ona yuqoriladi degani.

Malumki, joriy yilning 21-23 fevral kunlari Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tashabusi bilan Buxoroda o`tkazilgan

“II Xalqaro ziyorat turizmi forumi” doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi “CrescentRating” agentligi o`rtasida o`zaro manfaatli hamkorlik memorandumi imzolanib, ushbu xalqaro tashkilot bilan kelgusidagi istiqbolli loyihalar bo`yicha kelishuvlarga erishilgandi.

Mazkur kelishuv doirasida joriy yilning may oyida “CrescentRating” agentligi musulmon mehmondo`stligi xizmatlari reytingini mamlakatimizdagi turistik tashkilotlarga joriy etish yuzasidan agantlik “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUK bilan shartnoma imzoladi.

Mazkur baholash reyting tizimi ixtiyoriy bo`lib, undan foydalanishda istagan turistik tashkilotlar musulmon mehmondo`stligi sohasida bir qancha imtiyozlarga ega bo`ladi. Jumladan:

•“CrescentRating” agentligi tomonidan turistik tashkilot xodimlariga bepul malaka oshirish kurslari (2);

•“halol turizm” yo`nalishidagi sertifikatlangan kurslarga chegirma;

•turistik xizmatlarini xalqaro miqyosda targ`ib qilish;

•mahalliy bozorda musulmon mehmondo`stligi talablarga javob beradigan tashkilot sifatida sayyohlarni jalb qilish orqali daromadini oshirish kabi imkoniyatlar taqdim etiladi.

Ushbu reyting xizmatlaridan sayyohlik agentliklari, mehmonxonalar, ovqatlanish maskanlari, aeroportlar, vokzallar, savdo-ko`ngilochar maskanlari foydalanishi mumkindir.

Ushbu baholash reytingida xalqaro ekspertlar musulmon sayyohlar uchun yuqorida keltirilgan turistik manzillardagi yaratilgan qulayliklar va ularning ehtiyojlarini inobatga olganligiga alohida e`tibor qaratadi.

2019 yilning 29 iyul kuni soat 10:00 da “Citizen” mehmonxonasida o`tkaziladigan taqdimotda “CrescentRating” agentligining Bosh ijrochi direktori Fazal Baxardin janoblari mazkur reyting tizimi hamda tashkilot tomonidan musulmon mehmondo`stligi xizmatlari sohasiga oid konsalting va o`quv kurslari haqida batafsil ma`lumot beradi.

Taqdimotda musulmon mehmondo`stligi xizmatlarini ko`rsatuvchi turistik tashkilotlar hamda yurtimizdagi OAV vakillari qatnashishi kutilmoqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar