AsosiyJamiyat

Vetnam harbiy delegasiyasi Xalqaro armiya o`yinlarida ishtirok etish uchun “Forish”ga birinchi bo`lib etib keldi

'Vetnam harbiy delegasiyasi Xalqaro armiya o`yinlarida ishtirok etish uchun “Forish”ga birinchi bo`lib etib keldi'ning rasmi

Bugun, 26 iyul kuni Vetnam Sosialistik Respublikasi harbiy delegasiyasi Xalqaro armiya o`yinlarida ishtirok etish uchun “Forish” poligoniga etib keldi.

Xalqaro armiya o`yinlarini o`tkazishga mo`ljallangan O`zbekistonning “Forish” tog`-dala poligoni joriy yilning avgust oyida V “Xalqaro armiya o`yinlari – 2019” doirasida “Harbiy-tibbiy estafeta” tanloviga birinchi marta mezbonlik qiladi.

Mehmonlarni Mudofaa vazirligi mas`ul ofiserlari, o`quvchi yoshlar karnay-surnay sadolari ostida o`zbekona udumlar bilan tantanali ravishda kutib oldi.

4 avgust kuni start oladigan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovidaArmaniston, Angola, Ozarbayjon, Belarus, Rossiya, Zimbabve, Qozog`iston, Myanma, Tojikiston va Venesuela (kuzatuvchi maqomida) kabi davlatlar g`oliblik uchun o`zaro kurashadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar