AsosiyJamiyat

Qurolli Kuchlar akademiyasida Xalqaro-ilmiy anjuman bo`lib o`tdi

'Qurolli Kuchlar akademiyasida Xalqaro-ilmiy anjuman bo`lib o`tdi'ning rasmi

Qurolli Kuchlar akademiyasining xorijiy davlatlar bilan harbiy ta`lim borasidagi hamkorligini yanada kuchaytirish maqsadida "Zamonaviy bosqichda Qurolli Kuchlarni isloh qilish va rivojlantirishning asosiy tendensiyalari" mavzusidatashkil etilgan xalqaro anjumanda o`n beshta xorijiy davlat harbiy attashelari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabi va boshqa oliy harbiy ta`lim muassasalari professor-o`qituvchilari ishtiroketdi.

Ma`ruzalarda Qurolli Kuchlarni zamon talablaridan kelib chiqib isloh qilish, harbiy san`atni rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini o`rganishning ahamiyati, jahon miqyosida harbiy sohada erishilgan ijobiy tajribalarni qo`shinlar amaliyoti hamda oliy harbiy ta`lim muassasalaridagi ta`lim jarayoniga izchil tadbiq etish bo`yicha asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish zarurati haqida atroflicha fikr yuritildi.

Shuningdek xalqaro ilmiy anjuman doirasida harbiy attashelarning xorijiy davlatlar oliy harbiy ta`lim muassasalari va tadqiqot markazlari bilanhamkorligini tashkillashtirish, chet el harbiy akademiyalari bilan tajriba almashish, hamkorlikda harbiy-ilmiy tadbirlar uyushtirish,o`qitishning ilg`or innovasion uslublaridan foydalangan holda onlayn treninglar o`tkazish yo`nalishida hamkorlikni mustahkamlash muhimligi ta`kidlab o`tildi.

Katta ekranda mavzuga oid namoyish etilgan slayd va videomateriallar anjuman ishtirokchilarining tasavvurlarini yanada kengaytirishga hissa qo`shdi. Anjuman yakunida faol ishtirokchilar taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar