1

«Manchester Yunayted» azaliy raqibi «Liverpul»ni yirik hisobda engdi

Sport 14.12.2014, 20:45
«Manchester Yunayted» azaliy raqibi «Liverpul»ni yirik hisobda engdi

Angliya Premer-ligasi 16-turidan o`rin olgan «Manchester Yunayted» - «Liverpul» uchrashuvi o`z nihoyasiga etdi va unda «Qizil iblislar» raqiblarini yirik hisobda tor-mor keltirishdi.

Uchrashuvning birinchi bo`limini mexmonlar faol boshlashdi, ammo Lui Van Gal shogirdlari 12-daqiqada hisobni ochishdi, Ueyn Runi Antonio Valensiyaning uzatmasidan so`ng Bred Jons darvozasini ishg`ol qildi, 1:0.

Goldan so`ng maydon egalari ancha ishonchli o`yin ko`rsata boshlashi va raqiblari darvozasiga havfli zarbalar berishda davom etishdi.

Bo`lim so`nggida Xuan Mata Eshli Yangning uzatmasidan so`ng boshi bilan darvozani ishg`ol qildi, 2:0.

Ikkinchi bo`limda bo`lsa «Liverpul» darvozasiga yana bosim oshdi. 71-daqiqada van Persi Mataning uzatmasidan so`ng ochiq darvozani ishg`ol qildi va hisobni yirik 3:0 ko`rinishiga olib keldi.

Mazkur g`alaba bilan «iblislar» mersisaydliklardan o`ch olishdi, o`tgan mavsum 0:3 hisobida manchesterliklar mersisaydliklarga mag`lub bo`lishgan edi.

Shu bilan «Yunayted» endi chempionlik poygasiga kirishdi deb aytsak bo`ladi. «Liverpul» bo`lsa musobaqa jadvali o`rtasiga tushib ketdi.

APL, 16-tur

Manchester Yunayted – Liverpul 3:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 12 Runi, 2:0 – 40 Mata, 3:0 – 71 van Persi.
Manchester Yunayted – De Xea, Evans, Jons, Fellayni, Kerrik, Valensiya, Yang, Mata, van Persi, Runi (Falkao, 78), Uilson (Errera, 71).
Liverpul – Djons, Lovren, Moreno (Markovich, 68), Shkrtel, Jonson (Ture, 26), Sterling, Xenderson, Koutino, Allen, Lallana (Balotelli, 46), Jerrard.
Ogohlantirishlar: Fellayni (5), Jons (21), Allen (29), Evans (37), Runi (43), Balotelli (74), Jerrard (84).

Manba: www.uff.uz  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1