25 iyul kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi 2-sonli Bolalar va o`smirlar sport maktabi binosida harbiy okruglar sport vzvodlari o`rtasida dzyudo bo`yicha Mudofaa vazirligi chempionati o`tkazildi. Ushbu musobaqada 5 ta okrugdan 30 nafar sportchi ishtirok etdi.
Chempionatni Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi qo`shinlari qo`mondoni polkovnik Dilshod Choriev ochib, sportchilarga omad tiladi.
Musobaqa davomida sportchilar 6 vazn toifasida: 60, 66, 73, 81, 90 va 100 kg.da o`zaro bellashdi
Chempionat natijalariga ko`ra 1-o`rin Shimoli-g`arbiy harbiy okrugiga, 2-o`rin Toshkent harbiy okrugiga, 3-o`rin esaJanubi-g`arbiy maxsus harbiy okrugi jamoalariga nasib qildi.
Musobaqa so`ngida Qoraqalpog`iston Madaniyat vazirligi san`atkorlari hamda Nukus garnizoni Ma`naviyat va ma`rifat markazi harbiy orkestri jamoasi tomonidan konsert dasturi havola etildi.
G`olib va sovrindorlar kubok, diplom, medal hamda qimmatbaho sovg`alar bilan toqdirlandi.
Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati






