AsosiyJamiyat

Imtihon kunlari Toshkentda avtobuslar harakati bir soat avval boshlanadi

'Imtihon kunlari Toshkentda avtobuslar harakati bir soat avval boshlanadi'ning rasmi

Yurtimizda joriy yil 29 iyuldan oliy va o`rta-maxsus ta`lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanadi.

«Toshshahartransxizmat» AJ ham imtihon kunlari transport qatnovi uzluksizligini ta`minlash maqsadida 29 iyuldan boshlab o`z tasarrufidagi yo`nalishlarga avtobuslarni odatdagi harakat jadvalidan bir soat oldin chiqaradi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan kelib chiqib jamoat transporti bilan bog`liq ko`ngilsizliklarga yo`l qo`ymaslik, harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida barcha avtobus saroylarida haydovchi va chiptachilar o`rtasida qo`shimcha yo`riqnomalar o`tkazilmoqda.

Bundan tashqari imtihonlar bo`lib o`tadigan muassasalar atrofida yo`llarning vaqtinchalik yopilishi munosabati bilan ko`shimcha choralar belgilanishi xam rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar