AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik harbiylar “Alabino”da. “Tank biatloni”ga yakuniy tayyorgarlik boshlandi

'O`zbekistonlik harbiylar “Alabino”da. “Tank biatloni”ga yakuniy tayyorgarlik boshlandi'ning rasmi

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan iborat O`zbekiston jamoasi Xalqaro armiya o`yinlarining Rossiya Federasiyasida bo`lib o`tadigan musobaqalarida ishtirok etish uchun belgilangan manzilga etib bordi.

Ayni damda hamyurtlarimiz Moskva viloyatidagi“Alabino” dala-o`quv maydonida “Tank biatloni” va “Dala oshxonasi” musobaqasigaso`nggi tayyorgarlik mashg`ulotlarini olib borishmoqda. Bu haqda jarayonlarda bevosita ishtirok etayotgan Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti muxbirlari kapitan Shunqor Bo`riev va Qurolli Kuchlar xizmatchisi Islomjon Qo`chqorov xabar berdi.

Harbiylarimiz musobaqa o`tkaziladigan o`quv joylari bilan yaqindan tanishib, shartlar buyicha puxta tayyorgarlik ko`rmoqda. Har bir davlatning dala-o`quv maydoni bir-biridan ma`lum ma`noda farq qilishi tabiiy. Shu bois mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan harbiy xizmatchilar dala-o`quv maydonining musobaqa bo`lib o`tadigan har bir nuqtasini sinchiklab o`rganib chiqmoqda.

“Tank biatloni” musobaqasida ilk bor ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz 13 ta jamoa bilan kuch sinashadi. Maxsus muxbirlarimizning xabar berishicha, bugun“Tank biatloni” musobakasiga qu`ra tashlash marosimi bo`lib o`tadi.

Jamoamizning yashash shart-sharoitlari,“ArMI – 2019” musobaqasiga ko`rilayotgan tayyorgarlik jarayoni Mudofaa vazirligining mas`ul ofiserlari tomonidan uzluksiz nazorat qilib borilmoqda. Ularga nufuzli musobaqa oldidan so`nggi ko`rsatmalar berilyapti.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar