AsosiyJamiyat

Harbiy okrug qo`mondoni to`qqiz nafar ayolni ish bilan ta`minlagan tadbirkorga yordam berdi

'Harbiy okrug qo`mondoni to`qqiz nafar ayolni ish bilan ta`minlagan tadbirkorga yordam berdi'ning rasmi

Shimoli-g`arbiy harbiy okrugining Nukus garnizoni harbiy savdo majmuasi binosida harbiyxizmatchilarning oila a`zolari faoliyat ko`rsatadigan “Mehribon” tikuv sexiningtantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Davlat va jamoat tashkilotlari ishtirokida o`tkazilgan marosimda okrug qo`shinlari qo`mondoni polkovnik Dilshod Choriev, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Zuhra Ibragimova, Nukus shahar hokimi o`rinbosari Gulsara Abibullaeva so`zga chiqib, hunarmand ayollarning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.

Yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini ta`minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan unumli foydalangan mayor Zokir Gayipovning turmush o`rtog`i Zumrad Gayipova o`ttiz million so`m miqdorida imtiyozli kreditevaziga tikuvchilik sexining faoliyatini yo`lga qo`ydi. Okrug qo`mondonligining ko`magi bilan tadbirkor ayolga harbiy savdo majmuasi binosidan yangi ta`mirlangan keng va shinam xona ajratildi. Endilikda bu xonada “Vatanparvar” mahallasida istiqomat qiluvchi 9 nafar harbiy xizmatchining ayoli tikuv-bichuv ishlari bilan mashg`ul bo`lishadi. Tikuvchilik sexi harbiy xizmatchilarning liboslari, ayollar va bolalar uchun mo`ljallangan kiyimlarni ishlab chiqarishni rejalashtiryapti.

– Oldin Respublika barkamol avlod markazida bichish-tikish to`garak rahbari lavozimida ishlab kelgandim, – deydi tadbirkor Zumrad Gayipova. – Davlatimiz tomonidan biz, ayollarga yaratilgan imkoniyatlar haqida eshitib, turmush o`rtog`im bilan maslahatlashib, harbiy shaharchamizda ma`lum ma`noda muhtojlik tug`dirayotgan tikuvchilik sexini ochishga qaror qildim. Okrug qo`shinlari qo`mondonining amaliy yordami bilan imtiyozli kredit evaziga ish faoliyatimni yo`lga qo`yish maqsadida 6 ta tikuv mashinasi va tikuvchilik uchun kerakli anjomlarni sotib oldim. Mahallamizda turli viloyatlardan kelgan harbiylar oilalari orasida tikuvchilik, kashtachilik va zardo`zlik bilan shug`ullana oladigan ayollarga o`z biznes rejam haqida aytganimda, ular men bilan ishlash taklifiga rozi bo`lishdi. Seximiz oz vaqt ichida

Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar